Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Eng yaxshi pushkash gollari raqamlarda - Ronaldudan Zlatangacha

Eng yaxshi pushkash gollari raqamlarda - Ronaldudan Zlatangacha

Baho:
+ | -

Futbol tarixida kiritilgan eng chiroyli gollarning raqamlar va statistikalarga bog‘liq muhim jihatlariga e’tiboringizni qaratamiz.

Krishtianu Ronaldu (103)

Ronaldu faoliyati davomida juda ko‘plab chiroyli gollarning muallifi bo‘lgan. Ayniqsa «MYU»da o‘ynab yurgan kezlari u ko‘pincha uzoq masofalardan turib zarbalar yo‘llardi va bu esa gollarining jozibasini yanada oshirardi. Portugaliyalik forvard faoliyati davomida umumiy 55 marta jarima maydonchasi tashqarisidan gol urgan bo‘lib ulardan bittasi Pushkash sovriniga loyiq ko‘rilgan. Ronaldu «qizil iblislar» safida 2009 yil «Portu»ga qarshi YECHL bahsida super gol kiritadi. Golning ahamiyati shundaki to‘p deyarli 39 yardli masofani 103 km/s tezlikda bosib o‘tadi. Ushbu natija futbol tarixidagi rekord hisoblanib, yil oxirida Krishga bitta sovrin ham taqdim etdi.

Neymar (92)

Pushkash mukofotlarining ko‘pchiligi, aniqrog‘i 92 %i jamoasi hisobiga g‘alabani olib kelgan. Albatta, yilning eng shedevr zarbasi bo‘ladiyu, 3 ochko taqdim etmas ekan golning ajib eyforiyasi tatimasligi aniq. Lekin qahramonimiz Neymarning 2011 yilda kiritgan super goli yakunda uning jamoasi Santosning g‘alaba qozonishi uchun kifoya qilmagan. 25-daqiqada kiritilgan goldan keyin mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishayotgan edi. Lekin Ronaldinyo boshliq «Flamengo» armiyasi birinchi bo‘lim tugamasdanoq hisobni teng ko‘rinishga keltirib qo‘ydi - 3:3. Ikkinchi bo‘limda ham bosimni pasaytirmagan «sevimlilar» jamoasi baribir ham yakunda 5:4 hisobida raqiblaridan ustun keldi. Yilning eng chiroyli goliga mualliflik qilgan Neymar uchun esa bu mag‘lubiyat unchalik ta’sir qilmagan bo‘lsa kerak.

Zlatan Ibrahimovich (31)

Ajabtovur va antiqa gollar har doim Zlatanning fishkasi hisoblangan. Biz shved o‘g‘loni tomonidan yo‘llangan bir-biridan nozik uslubdagi gollarni ko‘rishga o‘rganib qolganmiz. Uning ana shu zarbalari qatorida 2013 yilda urgan bir goli Pushkash mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ushbu golning sahifamizdan joy olishiga sabab uning muallifi bu borada tarixdagi eng keksa ijrochi hisoblanadi -31. Menimcha, yilning eslanishidan ham qaysi gol ekanligini taxmin qildingiz. Ha bu voqea o‘sha, Shvesiyaning Angliya bilan kechgan o‘rtoqlik bahsida sodir bo‘lgan. O‘shanda Zlatanning birga bir imkoniyatga chiqib ketishidan xavfsiragan Jo Hart o‘z postini juda erta tark etdi va to‘pni boshi bilan biroz uzoqlashtirgandek bo‘lgan edi. Lekin Ibragimovichga to‘pning qayerda bo‘lishini ahamiyati yo‘q. Juda kichik imkoniyatni ham golga aylantirishi mumkin bo‘lgan bu yigit ancha uzoq hisoblangan 30 yardlardan kutilmaganda telbanamo zarba yo‘llab qoladi. Raqibidan bunaqa sharmandali ijroni kutmagan Hart esa hali darvozasiga qaytishga shoshilmayotgan edi. Natijada ushbu shedevr ijroga mahliyo bo‘ldi-qoldi. Menimcha u ham qariyadan bunaqa yakun kutmagan edi chog‘i.

Daniyel Zori (18)

Daniyel Vengriyaning Debresen klubi a’zosi hisoblanadi. U 2019 yili qaychi uslubida urgan goli evaziga ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan. Qiziq tomoni, u nomzodlar orasida Messini ortda qoldirib, 18 yoshida ushbu natijani qayd etgan dastkabki futbolchiga aylandi. Bu bilan Neymarning rekordi yangilangan (19). Gol «Feresvarosh»ga qarshi prinsipial bahsda kiritilgani bilan ham ahamiyatliroq.

Futbolka raqamlari

Pushkash sovrinini eng ko‘p yutgan futbolchilar 11-raqamda ushbu natijani qayd etishgan. Bular quyidagi 3 futbolchilar - Muhammad Salah, Veyden Lira hamda Neymar. Shuningdek, ikkita mukofot 10-raqamlilarga berilgan. Bundan boshqa raqamdagi hech bir futbolchiga ushbu mukofot bir martadan ziyod nasib qilmagan. Ular 7, 14 va 9-raqam egalari hisoblanishadi.

Argentina va Braziliya (11)

Ushbu mamlakat vakillari Pushkash sovriniga hammadan ham ko‘proq nomzodlar orasiga kirishgan - 11. Ular 121 nomzod ichidan saralangan. Yana bir qiziq tomoni, aksincha, bu mavsum Argentina, Braziliya va Germaniya vakillaridan birorta futbolchi kuchli 10 likka ham kira olmadi. Shuningdek, eng ko‘p nomzodlarni taqdim etib turgan mamlakat bu yil Ispaniya bo‘lib turibdi - 6 ta.

Omadsiz Messi

Leo Pushkash sovriniga nomzodi qo‘yilganlar orasida mukofotni biror marta ham yuta olmagan futbolchilar sirasiga kiradi. Uning nomzodi omadsizlar orasida eng ko‘p marta yuqori o‘rinlarga munosib topilgan. Eng ko‘p nomzodi qo‘yilgan o‘yinchilar orasida shuningdek Neymar (5), Zlatan (4), Ronaldu va Matich (2)lar ham bor.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:38, 13.12.2020.
O'qildi: 5601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.