Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Bundesliga. «Dortmund» Favr iste’fosidan keyingi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, «Myonxengladbax» esa so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Bundesliga. «Dortmund» Favr iste’fosidan keyingi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, «Myonxengladbax» esa so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 15 dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Borussiya D» safarda «Verder»ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Rafael Gerreyru dortmundliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 28-daqiqada Kevin Mevald hisobni tenglashtirdi. 78-daqiqada Marko Roys penaltini ijro etdi, biroq uning zarbasini darvozabon bartaraf etdi. Qaytgan to‘pga Roys aniq zarba berib, jamoasining ikkinchi golini urdi.

Shu tariqa, «Borussiya D» Lyusyen Favr iste’fosidan keyingi ilk o‘yinni g‘alaba bilan tugatdi. Jamoa 22 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Myunxengladbaxning «Borussiya»si «Ayntraxt» maydoniga safar qildi. Avvaliga Lars Shtindl mehmonlarning dastlabki golini urdi. Bunga frankfurtliklar birinchi bo‘limning o‘zija Andre Gomeshning dubli va Aymen Barkokning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida «Borussiya M» raqibga yana ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shtindlning 90 va 90+5-daqiqadagi gollari maydon egalariga bir ochkoni taqdim etdi.

Bundesliga, 12-tur
15 dekabr, seshanba
«Verder» — «Borussiya D» 1:2
Gollar: 0:1 – 12 Gerreyru, 1:1 – 28 Mevald, 1:2 – 78 Roys.
«Verder»: Pavlenka, Gebre SelassiYE, Toprak (Agu, 86), Gross, Fridl, Augustinsson, Mevald (Voltemade, 66), Eggeshtayn, Mbom (Shmid, 87), Osako (Erras, 73), Sarjent (Bitenkur, 66).
«Borussiya D»: Byurki, Morey (Pishchek, 85), Hummels (Zagadu, 85), Akanji, Gerreyru, Vitsel, Sancho, Reyna, Bellinghem (Brandt, 73), Roys, Mukoko (Jan, 80).
Ogohlantirishlar: Roys (35), Gross (54), Vitsel (59), Voltemade (87), Shmid (90).

«Ayntraxt» — «Borussiya M» 3:3
Gollar: 0:1 – 14 Shtindl, 1:1 – 21, penalti Andre Silva, 2:1 – 24 Andre Silva, 3:1 – 32 Barkok, 3:2 – 90, penalti Shtindl, 3:3 – 90+5 Shtindl.

«Shtutgart» — «Union» Berlin 2:2
Gollar: 0:1 – 4 Fridrix, 0:2 – 77 Avoniyi, 1:2 – 85 Kalayjich, 2:2 – 90 Kalaydjich.

«Gerta» — «Mayns» 0:0

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:34, 16.12.2020.
O'qildi: 2043 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.