Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

«The Best»ga da’vogarlar. Ronaldu uchun mavsum qanday o‘tdi?

«The Best»ga da’vogarlar. Ronaldu uchun mavsum qanday o‘tdi?

Baho:
+ | -

«The Best»ga da’vogarlar bo‘limimizni davom ettiramiz. Endi ushbu sovrinni yutishga yana bir asosiy nomzod Krishtianu Ronaldu haqida to‘xtalib o‘tamiz. Xo‘sh, portugaliyalik megayulduzning eng yaxshilar qatorida tilga olinishi uchun mavsum qanday kechgan edi?

Aslida Ronaldu «The Best» mukofotida qatnashishni o‘z uyidagidek his qiladi desak yangilishmaymiz. U bundan avval 2016 va 17 yillarda ketma-ket ikki marta ushbu sovrinni yutgan. 2018 yilda esa da’vogarlar ro‘yxatida ikkinchi, bir yil o‘tib esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Darhaqiqat, joriy mavsum bo‘yicha ham unin imkoniyatlari havas qilarli darajada. Buni 31 ta o‘yinda kiritilgan 35 ta golda ham bilib olsak bo‘laveradi. Quyida berilgan statistikadan ham bilib olish mumkinki, gollar har doim Ronalduning fishkasi bo‘lib kelgan.

Mavsum sarhisobi raqamlarda

«Skudetto» g‘olibligi

Italiya kubogi vise-chempioni

Chempionlar ligasi pley-off ishtirokchisi

A Seriyaning ikkinchi eng yaxshi to‘purari (31 gol)

«Yuventus» safida 100 uchrashuvda 79 gol kiritgan holda 4-to‘purar

Kuchli beshlik chempionatlarida 400 ta g‘alabaga erishgan ilk futbolchi

Premyer-liga, La Liga va A Seriyada 50 tadan ziyod gol urgan ilk futbolchi

«Yuventus» libosida bitta mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi (37 gol / 19-20 yilgi mavsum)

Yevropa qit’asida nilliy terma jamoa libosida 100 ta gol urgan ilk futbolchi

Terma jamoadagi gollar soni bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkich sohibi (102 gol), Ali Dayi rekordiga 7 gol qolgan

Muhim voqeliklar

2020 yil 6 yanvar

Ushbu sanada turinliklar Sardiniyadan tashrif buyurgan «Kalyari»ni qabul qilishdi va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvda xet-trikka erishgan Krishtianu yil boshidanoq o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘yganini barchaga ko‘rsatib qo‘ydi. Eng qiziq tomoni, u o‘shanda bahsdagi barcha gollarda ishtirok etgandi, Iguainning yagona goliga ham aynan portugaliyalik futbolchi uzatma berganini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Bu esa klub tarixidagi record hisoblanadi. Ushbu xet-trigi orqali Ronaldu kuchli beshlikdagi 3 ta turli chempionatda shu natijani qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylaib oldi. Undan oldingi o‘rinda chililik yulduz Aleksis Sanches bor. Darhaqiqat, Ronaldu A Seriyada yanvar oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

2020 yil 8 sentyabr

Ushbu sana Ronaldu uchun klub bilan aloqasi bo‘lmagan voqelikni taqdim etdi. Ya’ni u shu kunda UYEFA Millatlar ligasi doirasida Shvesiyaga qarshi bahsda maydonga tushgan. O‘yinning muhimlik darajasi shundaki, portugal o‘shanda milliy terma jamoa libosidagi 100 va 101-gollarini kiritdi hamda Yevropada ushbu dovonni bosib o‘tgan ilk futbolchiga aylanib oldi. U ushbu natijaga 170 ta uchrashuvda erishdi. Uning Portugaliya libosidagi birinchi golini urganiga mana 16 yil ham to‘libdiki, termada hali undan boshqa yagona lider ajralib chiqmadi. Lekin jamoaning bugungi kundagi tarkibi ancha havas qilarli darajada va ular yaqinlashib kelayotgan mundiallarning asosiy favoritlari qatorida tilga olinmoqda. Krish endi o‘z postini bemalol yosh shogirdlariga ishonib topshirib faoliyatini xotirjam yakunlasa ham bo‘laveradi.

2020 yil 8 dekabr

Quyidagi voqelik haqida menimcha, ortiqcha ta’rif berish yoki jiddiy xotiralar bilan eslashning hojati yo‘q. chunki u roppa rosa bir hafta oldin sodir bo‘lgan va muxlislarga kutilgan va kutilmagan eyforiyalarni taqdim etdi. Futbol olami nihoyat o‘zlari uzoq kutgan hodisa – Ronaldu va Messi qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishdi. Deyarli 15 yillik katta davr mobaynida jahon futbolida gigemonlik qilgan ikki dahoning 31 oy deganda yana qayta uchrashuvi ko‘pchilikning qiziqish markazida bo‘lishi turgan gap edi. Biroq, endi ular o‘zaro bitta chempionatda kurashish imkoniyatiga ega bo‘lmaganliklari uchun bu yerda qaysidir ma’noda sog‘inch hissi ham mavjud edi va bahs boshida birgalikda holatda olingan foto o‘zaro do‘stlik hislarini ifodalab berdi. Buni matbuot anjumanlarida yangragan intervyulardan ham bilib olish mumkin edi. Lekin to‘liq 90 daqiqa mobaynida Ronaldu azaliy raqibini umuman ayab o‘trmadi. U 3:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda dubl qayd etdi o‘zining musobaqada urgan gollarini 134 taga yetkazib olib eng yaqin ta’qibchisi Messini 16 golga ortda qoldirmoqda. Albatta, «The Best» uchun kurashda Krishga Messi ustidan individual qozonilgan g‘alaba katta ustunlik bersa kerak.

Boshqalarning Ronaldu haqida aytgan fikrlari

Mehdi Banatia

«Messi – tug‘ma talant mahsuli, Ronaldu esa o‘z muvaffaqiyatlariga kuchli jismoniy tayyorgarlik orqali erishadi. Bu mening fikrlarim emas. Shunchaki, bu 15 yildan beri tan olingan nazariya. O‘z navbatida mehnatni hech qachon talantdan pastki o‘ringa joylashtirib bo‘lmaydi. Ronalduning total imkoniyatlarini bilmoqchi bo‘lsang, u bilan bir kun shug‘ullanib ko‘r».

Rayan Gigs

«Futbolchilar orasida faqat u 40 yoshgacha stabil o‘ynab berishi mumkin. Nega? Chunki u to‘g‘ri ovqatlanadi va to‘g‘ri dam oladi. Ronalduning faqat yagona xususiyati qoliplarga bo‘ysunmaydi – u me’yoridan ortiq jismonan shug‘ullanadi. Shubhasiz, men karyeramda ko‘rgan eng professional inson».

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:06, 16.12.2020.
O'qildi: 5833 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.