Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubi yarim himoyachisi Andres Inyesta operasiyadan keyingi holati haqida fikr bildirdi.
«Operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Mening maqsadim – tezroq tiklanish, safga qaytish va o‘zim yoqqan narsadan ko‘proq zavq olish.
Bor kuchimni tezroq tiklanishga va oldimga turgan ishlarga sarflayman», - deb post qoldirdi Inyesta o‘zining «Tvitter»dagi rasmiy sahifasida.