Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Mirjalol Qosimov: "Qiziqarli, shiddatli va jangovor o‘yinda maqsadimizga erishdik"

Mirjalol Qosimov: "Qiziqarli, shiddatli va jangovor o‘yinda maqsadimizga erishdik"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi yarim final doirasida "Nasaf"ni mag‘lub etgan AGMK (1:0) jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatorasiga uchinchi yil kubok finaliga yo‘l olish oson bo‘lmaganini ta’kidlab o‘tdi.

"Juda ham og‘ir o‘yin bo‘ldi. Kubok doirasida oson uchrashuvning o‘zi yo‘q. Jamoa oldiga finalga chiqish maqsadi qo‘yilgandi va buni uddaladik. Shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa AGMKni qo‘llab-quvvatlab turgan minglab muxlislarimizga tashakkur aytaman. Jamoaga bo‘lgan ishonch uchun ishqibozlarga rahmat. AGMK endi finalga tayyorgarlik ko‘radi.

O‘yinga keladigan bo‘lsak, qiziqarli, shiddatli va jangovor futbol bo‘ldi. Keskin kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Xato qilishga haqqimiz yo‘q edi. Bunday darajadagi bellashuvlarda birgina xato ham qimmatga tushishini bilardik. Qolaversa "Nasaf" jamoasi ham ikkinchi taymda bor kuchi bilan harakat qildi. AGMK esa tanaffusdan keyin natijani saqlab qolish uchun harakat qildi va buni uddaladi.

Futbolda avvaldan bashorat qilib bo‘lmaydi. Har bir jamoa o‘z oldiga maqsad qo‘yadi va shunga yarasha intiladi. Qatorasiga uchinchi yil finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Bu oson bo‘lgani yo‘q. Niyatimiz finalda munosib o‘ynab, kubokni qo‘lga kiritish.

Yo‘qotishlar? Mirjamol Qosimov, Sanjar Tursunov va Bobur Yo‘ldoshevda jarohat bor. Tursunov finalda ham jamoamizga yordam bera olmaydi. Yo‘ldoshev va Mirjamol Qosimov borasida shifokorlar ko‘rigidan so‘ng barchasi ma’lum bo‘ladi. Hozir bir narsa deyish qiyin. Finalgacha vaqt kam. Bugungi o‘yinda jarohat olgan futbolchilarimizning holatini esa ertaga bilamiz. Niyat qilamanki, ularda barchasi joyida bo‘ladi".

Kiritildi: 21:41, 16.12.2020.
O'qildi: 1582 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.