Italiyaning «Milan» klubi futbolchilari Zlatan Ibragimovich va Simon Kyayerilar payshanba kungi mashg‘ulotlarda yakka tartibda shug‘ullanishdi.
Shvesiyalik va daniyalik hujumchilar yakshanba kuni A Seriya doirasida «Sassuolo» klubiga qarshi bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushishlari mumkin. Jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli bu futbolchilar borasida juma kuni qaror qabul qilishi haqida Sky Sport Italia xabar tarqatmoqda.