Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston kubogi. AGMK tarix yozyapti, «Paxtakor» «oltin dubl»ga erishadimi? (prevyu)

O‘zbekiston kubogi. AGMK tarix yozyapti, «Paxtakor» «oltin dubl»ga erishadimi? (prevyu)

Baho:
+ | -

Murakkab pandemiya sharoitida boshlangan mavsumni qiyinchilik bilan bo‘lsa-da yakuniga yetmoqda. Bu maqsad yo‘lida barcha futbol jamoatchiligi katta mehnat qilib, jonbozlik ko‘rsatgani e’tiborga arziguvlik. Bugun O‘zbekistonda 2020-yilgi futbol mavsumiga rasmiy nihoya yasab beruvchi O‘zbekiston kubogining final bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkentning “Paxtakor“ hamda Olmaliqning AGMK jamoalari yana bir muhim va ahamiyatli titul uchun jiddiy kurash olib borishadi.

O‘zgacha shturm va voqealarga boy o‘tgan mavsumda har bir jamoa o‘zi namoyish etgan o‘yinga hamohang natijani qayd etdi, nazdimizda.  Tabiiyki, barcha birdek qiyinchilik, noqulayliklarga duch keldi. Shunga qaramay, milliy chempionatda “Paxtakor“ o‘z tarixida o‘n uchinchi bor chempionlikni tantana qildi. Xalqaro maydon yo‘lagi OCHLning chorak finalida tugagan bo‘lsada, ikki frontda birdek jang qilgan “sherlar“ uchun mashaqqat bilan qo‘lga kiritilgan chempionlikning sururi bo‘lakcha. Toshkent jamoasi raqiblarini eng ko‘p, 76 ta gol bilan siyladi. Yakunda, 65 ochko to‘plab, muddatidan avval finishga yetib keldi. Klubning har bir a’zosi esa, mavsum mobaynida eng yaxshilar safida e’tirof etildi.

Kuchli uchlikdan munosib o‘rin olgan Olmaliqning AGMK jamoasi ham joriy mavsumni ancha yorqin tarzda o‘tkazdi. Mirjalol Qosimov va uning jamoasi ayniqsa, birinchi davrada ko‘pchilikning og‘zidan tushmadi. O‘sha davrda futbolchilarning bir marta ham mag‘lub bo‘lmasdan ko‘rsatgan o‘yini, klubning chempionlik poygasida yaxshigina ta’qibchi bo‘la olishini isbotladi. Jamoa 13 mag‘lubiyatsiz o‘yin o‘tkazib, bu borada eng uzun seriya va o‘z tarixidagi eng yaxshi startni amalga oshirdi. Yakunda, o‘z tarixidagi eng ko‘p, 49 ochko to‘plagan holda, bronza medali bilan sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Poytaxtliklar finalga qadar, nimchorak finalda “So‘g‘diyona“ni yirik 8:1, chorak finalda “Qizilqum“ni 1:0 hisobida taslim etdi va yarim final “Qo‘qon-1912“ ustidan 3:0 hisobida ustun keldi. Olmaliqliklarning finalgacha bosib o‘tgan yo‘li jiddiyroq ko‘rinish berdi. Murabbiylik faoliyatida 7-finalda ishtirok etishga yaqin turgan Mirjalol Qosimov shogirdlari dastlab, “Lokomotiv“ni 3:0 hisobida yengishdi, keyingi bosqichda yana bir murakkab raqib “Metallurg“ ustidan 4:3 hisobida zafar quchishdi, yarim finalda esa “Nasaf“dan 1:0 hisobidagi g‘alaba evaziga final chiptasi tortib olindi.

E’tiborlisi, mazkur jamoalar O‘zbekiston kubogining finalida qatorasiga 3-marotaba ro‘baru kelishmoqda. 2018-yil, Farg‘onadagi “Istiqlol“ o‘yingohida kechgan finalda AGMK 3:1 hisobida raqiblarini dog‘da qoldirib, o‘z tarixida yangi sahifa ochgan. 2019-yil Toshkentdagi “Lokomotiv“ stadionida bo‘lib o‘tgan finalda esa, raqiblari darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p yo‘llangan “Paxtakor“ g‘alabani tantana qilgan. Tomonlar barcha musobaqalarda 28 marotaba o‘zaro to‘qnash kelishgan bo‘lib, shundan 20 ta g‘alabani  “Paxtakor“ o‘ziga rasmiylashtirgan bo‘lsa, 5 ta uchrashuvda AGMK zafar quchgan. 3 o‘yinda esa murosa ko‘chasi tanlangan.

Murabbiylar fikrlari

Mirjalol Qosimov (AGMK): "Finalga osonlikcha yetib kelmadik, bu yo‘lda duch kelgan raqiblarimiz “Lokomotiv“, “Metallurg“ va “Nasaf“ Superliganing eng nomdor jamoalaridir. “Paxtakor“ haqida ko‘p gapirishning hojati yo‘q, nazarimda. Ular mamlakat chempioni va shunga monand salohiyatga ega. O‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Xato qilmaslikka harakat qilamiz. Namangandagi stadionda atmosfera hamisha zo‘r bo‘lgan. Bu futbol, bizda imkoniyatlar bo‘lishi aniq".

Shota Alveradze ("Paxtakor"): "Sovrinlar ega chiqish doimo yoqimli. Biz bu borada barqarorlik namoyish etayotganimiz esa ikki karra zavq beradi. Biz to‘xtashni xohlamaymiz, yangidan-yangi g‘alabalar uchun intilamiz. Tarkibdagi har bir futbolchi salohiyatli. Ular mavsum mobaynida ko‘p narsalarni isbotlab ulgurishdi. Raqibimiz finalda qanday o‘ynashni biladigan yaxshi jamoa. Bu to‘qnashuv qiyin va qiziqarli kechadi".

Taxminiy tarkiblar

AGMK:  35.Valijon Rahimov, 2.Akmal Shorahmedov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 3.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov, 94.Husniddin G‘ofurov, 23.Yovan Jokich, 30.Jasur Umarov, 18.Bahrom Abdurahimov, 7.Elguja Grigalashvili, 21.Mate Vatsadze

“Paxtakor“: 35.Canjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Egor Krimes, 4.Akromjon Komilov, 20.Odil Hamrobekov, 21.Abror Ismoilov, 17.Doston Hamdamov, 10.Dragan Cheran, 9.Jaloliddin Masharipov, 11.Igor Sergeev

Uchrashuvni, bosh hakam Zokir Qodirov, yordamchi hakamlar Ruslan Serazitdinov va Ruslan Samandarov, zaxira hakami Shavkat Nasibullayev hamda nazoratchi Vladislav Seytlindan iborat rasmiylar boshqarib boradi.

Ushbu final yana bir jihat bilan e’tiborliki, bugun Namanganda o‘zbek futboli tarixida ilk bor videotakror tizimidan rasman foydalaniladi. Bunday mas’uliyatli vazifa esa Aziz Asimovga ishonib topshirilgan. Unga, VAR yordamchi hakami Timur Gaynulin hamda VAR nazoratchisi Farhod Abdullayevlar yordam berishadi.

O‘yin soat 15:00dan boshlab, "Sport TV" telekanalida, super atmosfera xukm suruvchi Namangandagi “Markaziy“ stadionidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Dadajon Foziljonov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:35, 20.12.2020.
O'qildi: 3177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.