Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Barcha turnir sovrindorlari, jabrdiyda jamoalar va eng maxsuldorlar aks etgan poyoni yaqin 2020

Barcha turnir sovrindorlari, jabrdiyda jamoalar va eng maxsuldorlar aks etgan poyoni yaqin 2020

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, koronavirus pandemiyasi tufayli, boshqa bir qancha sohalar singari dunyo sportida ham ma’lum muddat tanaffus yuz berdi. O‘sha jarayonda, har 4 yillikning ko‘lami keng hamda nufuzi jihatidan yuqori bo‘lgan olimpiada o‘yinlari, futbol va yana bir qancha sport turlari bo‘yicha osiyo va yevropa chempionatlari singari ko‘pgina yirik turnirlar o‘tkazilishida majburiy to‘xtalish yuzaga keldi. Lekin, shunday bo‘lsada, jamoatchilikda vahima uyg‘otmaslik, atrofda yuz berayotgan ko‘ngilsiz voqealar, doim bir xil ssenariy ostida kechayotgan kunlardan odamlarni biroz bo‘lsada chalg‘itish, ularda pozitiv kayfiyat, pandemiyaga qarshi mustahkam aqliy va ongiy immunitet uyg‘otish uchun boshqa mamlakatlar qatorida bizda ham futbolni qayta restart oldirish, shu bilan birga yangi mavsumga yangi energiya, yangi rejalar va yangicha kayfiyat bilan o‘tish uchun ham, boshlangan mavsumni, qiyinchilik bilan bo‘lsada, imkon qadar ijobiy yakunlab olish yo‘lida oddiy stadion ishchisidan tortib, tartibni saqlash xodimlari, shifokorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, UFA xamda PFLning har bir a’zosigacha, barcha futbol jamoatchiligi katta mehnat qilib, jonbozlik ko‘rsatgani, avvalo, e’tiborga va e’tirofga arziguvlikdir. Bizda, og‘ir va murakkab o‘tgan mavsum, pandemiya tufayli biroz keyinga surilgan O‘zbekiston chempionatlari bir kam poyoniga yetib ulgurdi. Bir kamiki, dekabr oyida yana bir titul, O‘zbekiston kubogining o‘z egasini topishi rejalashtirilgan. Biroq, qolgan turnirlar jumladan, birinchi bo‘lib, noyabr oyining oxirlarida ayollar chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Unda, “Bunyodkor-W“ jamoasi 45 ochko bilan birinchilik shohsupasini egallladi. Keyingi pog‘onalarni, 36 ochko to‘plagan “Sevinch“, 33 ochko jamlagan “So‘g‘diyona-W“ jamoalari band etishdi. Ayollar chempionatining to‘purari maqomiga “Lokomotiv-W“ vakilasi Dildora Ergasheva 29 ta gol bilan ega chiqdi. Chempionat yakunlangach, O‘zbekiston kubogi bahslari ham bo‘lib o‘tdi. Jizzaxdagi markaziy o‘yingohida kechgan final uchrashuvida, “Bunyodkor-W“ mezbonlar “So‘g‘diyona-W“ qizlari ustidan 0:2 hisobida ustun kelib, kubok sohibiga aylandi va sovrinlar borasida o‘ziga xos “dubl“ qayd etdi.

O‘z navbatida, U18 hamda U21 jamoalari o‘rtasidagi chempionatlar ham nihoyasiga yetdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Mettalurg“ning U21 o‘rinbosarlar jamoasi 62 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritidi. Ikkinchi o‘rinni 57 ochko to‘plagan “Paxtakor“ o‘rinbosarlari egallagan bo‘lsa, 57 ochko jamg‘argan “Nasaf“ yoshlari kuchli uchlikni yakunlab berishdi. U18 chempionatida esa, “Nasaf“ jamoasi 31 ochko bilan birinchilikni qo‘lga kiritdi. Undan keyingi o‘rinlarda “Navbahor“ 30 ochko bilan ikkinchi, 28 ochko jamg‘argan Toshkentning “Lokomotiv“ jamoasi yoshlari uchinchi o‘rinni egallashdi. Bugun, “Paxtakor-79“ va “Yangiyer“ jamoalari ishtirokidagi o‘yindan so‘ng, rasman yakun topgan birinchi liga musobaqasida esa, chempionlikni muddatidan avval “Yangiyer“ naqd qilgan. Sirdaryo jamoasi ikki bosqichni ham o‘z guruhida peshqadam sifatida yakunladi va pro liga chiptasini qo‘lga kiritdi. “Andijon II“ hamda “Zirabuloq“ jamoalari esa birinchi bosqichdan so‘ng, eng kam ochko yiqqan klublar sifatida ligani tark etishgan.

Futbolga oshno tutingan ishqibozlarga yaxshigina shiddat va haqiqiy o‘yin zavqini taqdim eta olgan pro liga o‘yinlari ham eng qiziqarli va intrigaga boy o‘tgan chempionatlardan biri sifatida yodda qoldi. Ayniqsa, elita uchun kurashda so‘nggi daqiqalarga qadar imkoniyatning saqlanib qolganligi, musobaqaga bo‘lgan e’tiborni maksimal darajada oshirib yuborgani, shubhasiz.

Kuchli raqobat va teng kurashlar taqdim etgan turnirda 38 ochko to‘plab, zafar quchgan Yaypanning “Turon“ klubi, superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rin, 37 ochko ishlagan Farg‘onaning boshqa bir vakili “Neftchi“ga nasib etgan bo‘lsa, 32 ochko bilan Samarqandning “Dinamo“si uchinchi pog‘onaga joylashdi. Musobaqa mobaynida, “Neftchi“ futbolchisi Doston Toshmatov 12 ta gol bilan to‘purarlikda yaqqol peshqadamga aylandi. Eng kam, 19 ochko jamg‘arib, jadvalda so‘nggi o‘rinda qolgan Jizzax viloyatining “Zomin“ jamoasi, yangi mavsumni birinchi ligada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Bir qancha kichik tanaffuslar, to‘xtalishlar yuzaga kelgan bo‘lsada, joriy mavsum superliga o‘yinlari ham, yangi bosqich sari odimlayotgan o‘zbek futbolining bir ko‘rinishini namoyon qildi. O‘zgacha shturm va voqealarga boy o‘tgan mavsumda har bir jamoa o‘zi namoyish etgan o‘yinga hamohang natijani qayd etdi, nazdimizda. Tabiiyki, barcha, birdek qiyinchilik, noqulayliklarga duch keldi. Shunga qaramay, “Paxtakor“ o‘z tarixida o‘n uchinchi bor chempionlikni tantana qildi. Xalqaro maydon yo‘lagi OCHLning chorak finalida tugagan bo‘lsada, ikki frontda birdek jang qilgan “sherlar“ uchun, bu yilgi, mashaqqat bilan qo‘lga kiritilgan chempionlikning sururi bo‘lakcha. Poytaxt jamoasi raqiblarini eng ko‘p, 76 ta gol bilan siyladi. Yakunda, 65 ochko to‘plab, muddatidan avval finishga yetib keldi. Klubning har bir a’zosi esa, mavsum mobaynida eng yaxshilar safida e’tirof etildi.

O‘z o‘rnida, vise chempionlik unvoniga loyiq topilgan “Nasaf“ uchun ham mavsum ancha ijobiy o‘tdi. Qarshiliklar 26 o‘yindan 53 ochko jamg‘arib, chempiondan keyin, eng kam gol o‘tkazgan ikkinchi jamoaga aylanishdi. Betinim ravishda ishlashda, shakllanishda davom etgan Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi ayni paytdagi darajasi uchun maksimum ko‘rsatgich qayd etdi desak, adashmaymiz. Ular, U18 hamda U21 o‘rinbosarlar jamoalarida oltin va bronza, super ligada esa kumush medallar shodasi bilan shohsupaga chiqishdi. Ammo, afsuski, “ajdarlar“ning OCHLda ishtirok eta olmaslik vaji bilan, shunday chiroyli chizilayotgan suratga qora bo‘yoq sachrashi xavfi ham yo‘q emas.

Bronza medallarini qo‘lga kiritgan Olmaliqning AGMK jamoasi ham joriy mavsumni ancha yorqin tarzda o‘tkazdi. Mirjalol Qosimov va uning jamoasi ayniqsa, birinchi davrda ko‘pchilikning og‘zidan tushmadi. O‘sha davrda futbolchilarning bir marta ham mag‘lub bo‘lmasdan ko‘rsatgan o‘yini, klubning chempionlik poygasida yaxshigina ta’qibchi bo‘la olishini isbotladi. Jamoa, 13 mag‘lubiyatsiz o‘yin o‘tkazib, bu borada eng uzun seriya va o‘z tarixidagi eng yaxshi startni amalga oshirdi. Yakunda, o‘z tarixidagi eng ko‘p, 49 ochko to‘plagan holda sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ligada arang jon saqlab qolgan klub esa, “Surxon“ bo‘ldi. Ular, turnir davomida eng ko‘p, 17 marotaba mag‘lubiyat alamini totishdi. Bazo‘r, mavsumni yakunlagan jamoada ba’zi futbolchilarning shartnomalari masalasida muammolar ham yuzaga kelmoqda. Bu esa shu kecha kunduzda va undan keyin davom etajak kubok bahslarida kadrlar yetishmovchiligiga ham olib kelishi, ehtimoldan holi emas.

Bu yil, 16 ochko yig‘ib, o‘n uchinchi o‘rin bilan kifoyalangan “Andijon“ jiddiy moliyaviy muammolar girdobida qolayozdi. Ammo, hammasi o‘nglandi va endi, sekin-astalik bilan o‘z o‘yinini topib, yaxshilanib, barqarorlik tomon harakat qilayotgan, Andijon “burgutlari“ pro liga vakili bilan o‘tish o‘yinida kuch sinashdi. 26 o‘yindan 14 ochko jamg‘arib, atiga, 1 marta zafar quchgan holda, mavsumni eng so‘nngi, o‘n to‘rtinchi pog‘onada yakunlagan kamiga, kubok doirasida “Metallurg” bilan qarama-qarshilikda imkoniyatni boy bergan “Buxoro“ jamoasi esa “Ketmoqdaman“ kuyiga jo‘r bo‘ldi.

Eng ko‘p, 11 marotaba raqiblari bilan duranga imzo chekkan jamoa sifatida “Navbahor” qayd etildi. Yakunda, Namangan “lochinlari“ 35 ochko bilan 8 o‘rinni band etshdi. 14 jamoa tomonidan darvozalarga umumiy 450 ta to‘p yo‘llangan.

Superligada gol urgan eng yosh futbolchilar sifatida “Bunyodkor“ vakili Jasur Jaloliddinov(17 yosh 296 kun), “Paxtakor“ futbolchisi (Diyor Xolmatov 18 yosh 96 kun) hamda “Nasaf“ futbolchisi Husain Norchayev(18 yosh 194 kun)lar qayd etildi.

To‘purarlik poygasida Dragan Cheran 21 ta gol bilan yetakchilik qildi. Keyingi o‘rinlarda, Bobur Abduxoliqov 17 ta, Igor Sergeev 16 ta gol bilan ikkinchi va uchunchi bo‘lishdi. Eng yaxshi assistent maqomida Jaloliddin Masharipov 14 ta samarali uzatma amalga oshirib, bu borada peshqadamga aylandi. 

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Kiritildi: 11:51, 20.12.2020.
O'qildi: 3323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.