Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Shirer: "Bu ketishda "Arsenal" APLni tark etadi"

Shirer: "Bu ketishda "Arsenal" APLni tark etadi"

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alan Shirer «Arsenal» APLda jon saqlab qolishiga shubha qilmoqda.

Kecha Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" "Everton"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, 46 yilgi eng yomon startini namoyish etdi. Ortda qolgan 14 turdan so‘ng «Arsenal» 15-pog‘onada ketmoqda.

– «Arsenal» APLda qoladimi?

– Ularning APLda qolishiga shubha bor. Chunki, boshlang‘ich tarkib noto‘g‘ri tanlanyapti va ba’zi futbolchilar to‘g‘ri munosabatda bo‘lmoqda.

Futbolchilar yetarlicha ishlashmayapti, jozibadorlik yo‘q, bu shunchaki dahshat! Arteta iste’fo haqida xavotir olishi kerak. Futbolchilar uning ishda qolishi uchun umuman harakat qilishmayapti.

Mavsum boshidan beri 12 ta gol kiritishda, bu juda yomon ko‘rsatkich. «Everton» bilan bahsda Pepe raqib jarima maydonchasida o‘ynashga tayyor emasdi. U qo‘rqoqlarcha yugurdi, ba’zida esa shunchaki yurdi. U ko‘p narsalarga qodir.

Juda ko‘plab futbolchilar murabbiy sabab o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishmayapti. «Arsenal» bu o‘yini bilan hech qachon bitta o‘yinda uchtadan ko‘p gol ura olmaydi, – dedi Shirer.

Kiritildi: 15:32, 20.12.2020.
O'qildi: 3532 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.