Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

AGMK jamoasi bronza medallari bilan taqdirlandi

AGMK jamoasi bronza medallari bilan taqdirlandi

Baho:
+ | -

Bugun Olmaliq shahridagi «Metallurg» Madaniyat Saroyida O‘zbekiston milliy chempionatida tarixda ilk bor sovrinli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan AGMK jamoasiga bronza medallari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda Olmalik Kon Metallurgiya Kombinati boshqaruv raisi, klub prezidenti — Xursanov Abdulla Xolmuradovich so‘z olib, murabbiylar shtabi va futbolchilarni mavsumda erishgan tarixiy muvaffaqiyat bilan samimiy tabrikladi hamda kelgusi mavsumda xalqaro maydonda mamlakatimiz sha’nini munosib himoya qilishlari yo‘lida omad tiladi.

Shu o‘rinda AGMK jamoasi bosh murabbiyi — Mirjalol Qosimov ham so‘zga chiqib, qiyin o‘tgan pandemik sharoitga qaramasdan  doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan OKMK va «SFI Management Group» kompaniyasi rahbariyatiga jamoa nomidan alohida rahmat aytdi. Shuningdek, Mirjalol Qosimov jamoani yil davomida qo‘llab-quvvatlab kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng tadbirda so‘zga chiqqan O‘FA vise-prezidenti Shoakram Isroilov AGMK jamoasini bronza medallari bilan tabriklab, kelasi mavsumda xalqaro arenada muvaffaqiyat tiladi.

Tantanali taqdirlash marosimida OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov, OKMK ijtimoiy masalalar bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Fayazov, Olmaliq shahri hokimi Qobilbek Hamdamov, O‘FA vise-prezidenti Shoakram Isroilov va O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov AGMK jamoasi murabbiylar shtabi, klub rahbariyati, futbolchilar va xodimlarga bronza medallarini topshirishdi.

So‘ngra klub matbuot xizmati tomonidan o‘tkazilgan «Muxlislar e’tirofi» nominasiyalari bo‘yicha g‘olib chiqqanlarga o‘z sovrinlari topshirildi.

 — «Eng yaxshi darvozabon» — Valijon Rahimov

— «Eng yaxshi himoyachi» — Sardor Rahmonov.

— «Eng yaxshi yarim himoyachi» — Jasur Umarov.

— «Eng yaxshi hujumchi» — Zafar Polvonov.

— «Eng chiroyli gol muallifi» — Sanjar Tursunov.

— «Eng yaxshi futbolchi» — Bobur Yo‘ldoshev.

AGMK klubi tomonidan Olmaliq shahar hokimi Qobilbek Hamdamov, «SFI Management Group» kompaniyasi mas’ullariga va kombinat rahbariyatiga minnatdorchilik tariqasida esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbirda «Matonat» nogironlar futbolini rivojlantirish markazi mas’ullari ham ishtirok etishdi va ularni yil davomida qo‘llab-quvvatlagan kombinat rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi. Shuningdek, OKMK rahbariyatiga «Matonat» jamoasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov «Matonat» jamoasi futbolchilari haqiqiy mardlik timsoli ekanligini ta’kidlab, kombinat ularni doim qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Tadbir davomida «Metallurg» Madaniyat Saroyi badiiy jamoalari o‘z dasturlari bilan chiqish qilishib, zalda yig‘ilganlarga madaniy hordiq taqdim etishdi.

Shundan so‘ng AGMK jamoasi to‘liq delegasiya bilan kombinatga tashrif buyurib, ishchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi va bevosita kombinatdagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Kombinat ishchilari esa o‘z navbatida joriy yil Olmaliq shahrining tom ma’nodagi qahramonlariga aylangan AGMK jamoasi bilan esdalik suratlarini tarixga muhrlashdi. Uchrashuv samimiy ruhda va a’lo kayfiyatda o‘tdi.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 22:09, 23.12.2020.
O'qildi: 1650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.