Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Andijon»: 90 foiz futbolchilar bilan xayrlashib, barcha e’tiborni akademiya va yoshlarga qaratamiz!

«Andijon»: 90 foiz futbolchilar bilan xayrlashib, barcha e’tiborni akademiya va yoshlarga qaratamiz!

Baho:
+ | -

«Andijon» ushbu mavsum Superligada qolishga erishdi. Bizning keyingi yilga qo‘ygan maqsadimiz hamma kutganidan boshqacharoq bo‘ladi. Biz 90% futbolchilarimiz bilan xayrlashamiz. Biz o‘zimizning andijonlik yoshlarga e’tiborimizni qaratmoqchimiz. Har yilgiga o‘xshab chetdan futbolchi olib kelish maqsadimiz yo‘q. Asosiy e’tiborimizni mahalliy yoshlarga qaratmoqchimiz. Bunga "Mash’al" va "Nasaf" jamoalarini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. To‘g‘ri, bu oson bo‘lmaydi, lekin qachongacha chetdan futbolchi olib kelib futbol qilamiz? Balki bir mavsum qiyinchilik bo‘lar, balki 2 mavsum qiyinchilik bo‘lar, ammo bu natija berishiga ishonamiz.

Aynan ushbu mavsumda Doniyor Abdumannopov va Farhod Sohibjonovga berilgan imkoniyatdan futbolchilarimiz foydalanib, murabbiylar va rahbarlar ishonchini oqlab, o‘zini ko‘rsata oldi. Kelgusi mavsumda shu kabi yoshlarga ko‘proq imkon berishni maqsad qilganmiz.

Yillar mobaynida «Andijon» klubi akademiyaga va akademiya tarbiyalanuvchilariga bee’tibor bo‘lgan va iqtidorli futbolchilarning ba’zilari boshqa jamoalar e’tiboriga tushib, o‘sha jamoalarga o‘tib ketgan. Ba’zilari esa, afsuski, jamoasiz qolib, futbolni tark etgan. Bunga sabab klubni yoshlarga e’tiborsizligi bo‘lgan. "Andijon" akademiyasidagi har bir yosh futbolchining asosiy maqsadi bosh jamoa safida to‘p surish maqsadi bo‘lishi kerak. Shunday bo‘lishi uchun esa biz har bir tarbiyalanuvchiga e’tiborli bo‘lishimiz kerak va ishonch va imkoniyat berishimiz kerak.

Biz vaqtlar davomida stadion, jamoa bazasi va futbol akademiyasini rivojlantirishga e’tibor qaratamiz. Bilasiz, necha yillar davomida jamoamizda murabbiylar va futbolchilar almashaverdi. Har bir murabbiy o‘zining futbolchilaridan jamoani shakllantirishga harakat qiladi va natija ko‘rsata olmaganidan so‘ng jamoada yana murabbiy o‘zgarib va yana futbolchilar almashadi. Qachongacha bunday tizim davom etadi? Qachongacha biz chetdan futbolchilarni olib kelishimiz kerak?

Bizda ham shu kungacha qanchadan-qancha iqtidorlar yo‘q bo‘lib ketdi, buning sababi aynan shu tizim bo‘lgani uchun. Bizning maqsadimiz eski tizimni o‘zgartirish, futbolchilarga sarflanadigan mablag‘ o‘rniga jamoa stadioni, bazasi va akademiyaga mablag‘ sarf qilib, rivojlantirish. Bunga oz vaqt ketmasligini bilib turibmiz, buning uchun hamma bir yoqadan bosh chiqarib rahbarlar, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar va Andijon xalqi sabr va mehnat bilan erishishimiz kerak.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 20:04, 24.12.2020.
O'qildi: 3185 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.