Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Alvesh - "Barselona"dan ketishi haqida: "Men xudbin odam emasman"

Alvesh - "Barselona"dan ketishi haqida: "Men xudbin odam emasman"

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi Dani Alvesh nima uchun 2016 yili jamoani tark etganini tushuntirib berdi.

«Men xudbin yoki yomon odam emasman. Albatta, «Barselona»ni sog‘inaman. Har doim sog‘inaman, chunki u mening ikkinchi uyim. Kuni kecha yaqinlarimga «Barselona»da sakkiz yil o‘ynaganimni, zahira chiqish yo‘li orqali ketganimni aytib berdim.

Men o‘sha paytda o‘zimni juda yomon his qildim, chunki men «Barselona» uchun ko‘p mehnat qildim va ular men bilan shartnoma uzaytirishni xohlashmadi. Lekin o‘zimni qadrsiz deb hisoblamadim.

«Real» va boshqa klublar menga yaxshigina taklif bilan chiqishgandi, lekin men «Barselona»ni tanlaganman. Ketish vaqt kelganida bu borada o‘zim qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ldim. Lekin, tantanali ravishda kuzatib qo‘yishlarini xohlamadim.

Men o‘zimga yoqmagan vaziyatda qolib ketgandim. Lekin afsuslanmayman, chunki tozaman. Ketayotgan paytimda boshqa klubda qadr-qimmatga ega bo‘lishimni isbotlab, keyin ortga qaytishni o‘ylagandim», – dedi Alvesh Marca bilan intervyuda.

Kiritildi: 22:28, 25.12.2020.
O'qildi: 3437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик