Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

2020 yilning futbol olamidagi eng katta yo‘qotishlari...

2020 yilning futbol olamidagi eng katta yo‘qotishlari...

Baho:
+1 | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

2020 yil har jabhada g‘ayrioddiy bo‘ldi: chempionatlarning to‘xtatilishi, muxlislar o‘yinlar, koronavirus... Afsuski, 2020 yilning foydasidan ko‘ra, ko‘proq zararli bo‘ldi. Qolaversa, futbol olami bir qator yulduzlarni yo‘qotdi.

DIYEGO MARADONA
Shubhasiz, yilning eng katta yo‘qotishi – Diyego Armando Maradona! Dunyoning millionlab muxlislari sevgan futbolchi. Hattoki, futbolga qiziqmaydigan insonlar ham Maradona haqida bilishardi.

Argentina uchun Maradona faqat futbolchi emas, balki daho edi! Mamlakat uning iste’dodi oldida qoyil qoldi va barcha ayblarini kechirdi!

Maradonaning vafoti – dunyo futboli uchun eng katta yo‘qotish bo‘ldi.

VIKTOR PONEDELNIK
Shuningdek, yakuniga yetib borayotgan yilda 1960 yilgi Yevropa chempionatining so‘nggi sovrindori - Viktor Ponedelnik ham vafot etdi. Uning «oltin» goli sababli SSSR terma jamoasi ilk marotaba Yevropa arenasida sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ponedelnik nafaqat futbolchi, balki jurnalist sifatida ham mashhur inson edi. U uzoq yillar davomida afsonaviy «Futbol-Xokkey» jurnalining bosh muharriri sifatida faoliyat olib borgan.

VASILIY KULKOV
Moskvaning «Spartaka» klubi afsonaviy futbolchisi yaqinda o‘zining 54 yoshida bu olamni tark etdi. U bir yildan ko‘proq muddat saraton kasalligi bilan kurashdi, biroq, koronavirusga chalinganidan so‘ng, saraton kasalligi yanada kuchayishni boshladi.

Kulkov – Yevropaga birinchi bo‘lib yo‘l olgan rossiyalik futbolchilarning biri sanaladi. U «Benfika» va «Portu» klublarida ajoyib o‘ynadi. Keyinchalik Angliyaning «Milloull» va Portugaliyaning «Alaverka» jamoalari ham o‘ynashga ulgurdi.

VALERIY REYNGOLD
«Boshsiz chavandoz», «Reks», «Elektrichka» laqablari bilan mashhur bo‘lgan Valeriy Leonidovich Reyngold Moskvaning «Spartak» klubida 1960 yillari to‘p surgan.

Reyngold futbol eksperti sifatida radio va televideniyelarni muntazam ravishda ishlab keldi. 2020 yilning fevrall oyida 2020 Reyngold Vladimir Stepanov xotira turniri bo‘lib o‘tayotgan paytda hayotdan ko‘z yumdi. Shifokorlar Reyngoldning o‘limiga yurak huruji sabab bo‘lganligi tashhisini qo‘yishdi.

PAOLO ROSSI
Italiyalik Paolo Rossi. 1982 yili Ispaniyada o‘tkazilgan Jaxon chempionatining yorqin blduzi. O‘shanda «skuadra adzurra» haqli ravishda oltin medallarni qo‘lga kiritdi, Rossi esa o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib, musobaqaning to‘purari bo‘lgandi. O‘sha mavsumda Rossi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandi.

Rossi FIFAning 20-asrdagi eng buyuk futbolchilari ro‘yxatidan joy olgan.

Rossi faoliyatini yakunlagach televideniyeda eskpert sifatida muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi.

MISHEL IDALGO
87 yoshida fransiyalik futbolchi va murabbiy Mishel Idalgo vafot etdi. Idalgo faoliyatini deyarli «Monako» klubida o‘tkazdi. U 300dan ortiq o‘yinlarda maydonga tushdi. Lekin, uning asosiy yutug‘i – Fransiya terma jamoasida qo‘lga kiritildi. 1984 yili uning qo‘l ostida Fransiya terma jamoasi Yevropa chempionatida g‘olib chiqdi.

PITER BONETTI
Angliyalik darvozabon Piter Bonetti «Chelsi» klubining haqiqiy afsonasi edi. U jamoa tarkibida hammadan eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan – 729! Bonetti «ko‘klar» sharafini 1960 yildan 1979 yilgacha himoya qilgan.

U Angliya terma jamoasining ham afsonalaridan biri bo‘lgan. Bonetti terma jamoasi bilan 1966 yilgi Jahon chempionatida zafar quchgan.

JEK CHARLTON
1966 yilgi Jahon chempionatining yana bir afsonalaridan biri Jek Chartlon 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Jek Charlton faoliyatini «Lids Yunayted» klubiga o‘tkazdi. U futbol bilan shug‘ullanishni 1950 yili boshlagan va oradan 23 yil o‘tgach faoliyatini yakunlagan! Sodiqlikning haqiqiy namunasi!

Charlton – Britaniya imperiyasining ofiser ordeni bilan taqdirlangan.


NOBBI STAYLZ
Staylz ham Angliya terma jamoasi tarkibida 1966 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan, oradan ikki yil o‘tib esa Yevropa Chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Nobbi «Manchester Yunayted» klubi safida 300 da ortiq rasmiy o‘yinlarda maydonga tushgan. 1990 yillarda esa ser Aleks Fergyuson boshchiligidagi murabbiylar shtabida faoliyat olib borishni boshlagan.

PAP BUBA DIOP
Ushbu ro‘yxatning eng yosh vakili. Senegallik sobiq futbolchi 42 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Futbol olami 2002 yili o‘tkazilgan Jahon Chempionatining ochilish o‘yinida Fransiya terma jamoasi darvozasiga gol kiritganidan so‘ng, Diop haqida bilishni boshlagan. O‘shanda Senegal terma jamoasi o‘zining yorqin o‘yinlari bilan JCH-2020 nimchorak finaligacha yetib kelgandi.

Diop o‘zining futbolchilik faoliyatini Angliya o‘tkazib, «Fulxem» va «Portsmut» klublari sharafini himoya qilgan.

Diop Sharko-Mari-Tuta kasalligi va amiotrofik lateral skleroz tufayli vafot etdi.

JERAR ULYE
Afsonaviy fransiyalik mutaxassis 74 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Jerar Ulye Fransiya va Angliyadagi faoliyatlari orqali yaxshi tanish. U o‘z yurtida «PSJ» va «Lion» klublarini muvaffaqiyat sari yetaklab kela olgan, lekin uning eng katta yutuqlaridan biri shubhasiz «Liverpul» klubi bilan qo‘lga kiritilgan. O‘shanda Ulye qo‘l ostidagi "Liverpul" qator sovrinlarga qo‘lga kiritgan, jumladan UYEFA Kubogi va Superkubogini ham.

Ulye – Faxriy legion va Britaniya imperiyasi ordeni sohibi.

NARIMON JALOLOV
Narimon Jalolov 13 yoshidayoq futbol o‘ynashni boshlagan. O‘sha kezlarda Jalolov Toshkentning “Spartak” jamoasi a’zosiga aylanib sport jamiyatlari o‘rtasida o‘tkazilgan birinchilikda g‘olib chiqqan holda g‘alabali va muvaffaqiyatli davrni boshlagan.

Narimon Jalolov 1992 yilda O‘FF vise-prezidenti etib tayinlangan. So‘nggi yillarda O‘FA Faxriylar kengashi raisi sifatida ishlab kelgandi. Narimon Jalolovich "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy", "Shuhrat" medali, O‘FA ko‘krak nishoni sohibi.

OLLOYOR RASULOV
G‘uzorning "Sho‘rtan" klubini Oliy Ligaga chiqishida katta hissa qo‘lgan inson Olloyor Rasulov 2020 yilning iyul oyida 63 yoshida vafot etdi.
Qashqadaryo viloyatining chekka bir tumanida futbol jamoasini tashkil qilib, tarkibiga mamlakatimizning yetakchi futbolchilari bo‘lgan Muxtor Qurbonov, No‘’mon Hasanov singari futbolchilarni qo‘shib olishinida Olloyor akaning xizmatlari beqiyos bo‘lgan.

ALISHER ABDULLAYEV
Taniqli sobiq hakam, so‘nggi paytlarda nazoratchi sifatida yurtimizga ko‘zga ko‘ringan mutaxassis. Farhod Abdullayev va Timur ABdullayevlarning otasi - Alisher Mo‘minov ham 2020 yilda vafot etdi.

ALISHER MO‘MINOV
O‘zbekiston Futbol Federasiyasida uzoq yillar faoliyat olib borgan Alisher Mo‘minov ham 2020 yil yili bu dunyoni tark etdi. Faoliyati mobaynida ko‘plab shogirdlarni chiqargan yosh mutaxassis O‘FFda samarali mehnat qilgan. Ayni paytda uning shogirdlarining bir qanchasi O‘zbekiston futboli rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Ўтганларни охиратлари обод бўлсин!

Kiritildi: 01:24, 26.12.2020.
O'qildi: 3823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.