Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter 1-2 Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

Ular qishki transfer oynasida hammaning e’tibor markazida bo‘ladi

Ular qishki transfer oynasida hammaning e’tibor markazida bo‘ladi

Baho:
+ | -

Stadion.uz tez orada transfer bozorida katta shov-shuv ko‘tarishi mumkin bo‘lgan transferlar borasida fikr almashadi.

Qishki transfer oynasi ochilishiga ham juda oz fursat qolmoqda. Bu esa, ayrim futbolchilarning boshqa klubga o‘tishini ancha tezlashtirib yuborishi mumkin. Shu bois, bugun boshqa klubga ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan futbolchilar va ularning yangi jamoalari haqida so‘zlashamiz. Bugungi ro‘yxatimizdan o‘rin egallagan futbolchilarning aksariyati boshqa jamoaga o‘tish orzusida. Yana ayrimlari o‘z klubiga kerak emas. umumiy qilib aytganda, tezroq boshqa jamoaga o‘tishi lozim bo‘lgan yigitlarning transferini muhokama qilamiz.

Kristian Erikson - «Inter» (28 yosh)

Shu yilning yanvar oyida daniyalik yarim himoyachi «Tottenhem»ni «Inter»ga almashtirgan edi. Afsuski, Kristian Jozedan qochib, Kontega tutildi. Italiyalik murabbiyning uslubi yarim himoyachiga umuman mos kelmadi. Afsuski, Erikson «Inter»ning o‘yin va kelajak rejalariga sira mos kelmadi. Endi esa, klub undan yanvar oyidayoq qutilishni reja qilgan.

Eriksonning o‘zi va agenti ham ketish payti bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot berdi. Endi, boshqa klub izlash lozim. Hozirda 28 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar PSJ bo‘lib turibdi. Agar Pochettino kutilganidek jamoa tepasiga kelsa, Eriksonning transferi 99 foizga hal bo‘ladi. Shuningdek, "Arsenal» ham futbolchi uchun da’vogar bo‘lib turibdi.

Pol Pogba - «Manchester Yunayted» (27 yosh)

Pogbaning janjalkash agenti - MIno Rayola allaqachon mijozi va «MYU» o‘rtasidagi aloqalar yakunlangani haqida aytib bo‘ldi. Qo‘shimchasiga, tez orada katta transfer amalga oshishi haqida afisha berdi. Bunday vaziyatda «Manchester Yunayted» ko‘p narsa yo‘qotmaydi. Sababi, eng katta maosh oluvchi foydasiz futbolchini tarkibda ushlab turishdan hech qanday naf yo‘q.

Afuski, qishda Pogbani qo‘lga kiritishni istagan jamoa yo‘q. Pol «Real»ga o‘tmoqchi va Yevropa chempionlar ligasida to‘p surmoqchi. Bir qarashda chiroyli hayollar, biroq amalda «Real» bunga rozi bo‘lmasligi kundek ravshan. Omadsiz transferlardan tili kuygan «Real Madrid» bu kelishuvni amalga oshirishi katta so‘roq ostida qolmoqda. Boshqa klublar esa, Pogba uchun yiliga 15 million yevro maosh to‘lashga hozir qodir emas.

Marsel Zabiser - «RB Leypsig» (26 yosh)

Joze Mourinyo Yevropa chempionlar ligasida uning jamoasi darvozasiga ikkita gol kiritgan Marsel Zabiserni yondaftarchasiga yozib qo‘ygani aniq. Maydon markazida universalligi bilan boshqalardan ajralib turuvchi Marsel uchun klub yozda harakatni boshlagan edi. Ordan bir necha oy o‘tgan bo‘lsada, «shporlar» unga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotgani yo‘q.

Joze avstriyalik futbolchini qishda klub safiga ko‘chib o‘tishini istamoqda. Buning uchun London klubi 50 million yevrodan voz kechishga tayyor. Hozircha, «buqalar» sardori klubini almashtirishga rozi bo‘lgani yo‘q. Futbolchi Yevropa Chempionlar ligasida «Liverpul»ga qarshi o‘yinlar oldidan klubini tashlab ketmoqchi emas, biroq kelasi mavsumda APL klublaridan yana taklif tushmasligi mumkin. Barchasi qishki transfer oynasi chog‘ida hal etiladi.

Riki Puch - «Barselona» (21 yosh)

Yangi Xavi bo‘lishi taxmin qilingan Riki «Barselona»da «bo‘g‘ilib» qoldi. Ronald Kuman unga imkon bermoqda, ammo bu «Barselona» Puch bilan shartnomasini uzaytirmoqchi degani emas. Klub katta ehtimol bilan o‘z tarbiyalanuvchisini tekinga qo‘yib yubormoqchi emas. Shu sababli qishda uning transferidan hech bo‘lmasa 5 million yevro ishlab olishga urinib ko‘radi.

Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, Puchni shaxsan Leo Messi «qora ro‘yxat»ga kiritgan. Boz ustiga, unga yaxshilangan shartnoma taklif etish klub rejasida mavjud emas. Bunday vaziyatdan «Bavariya» va «Manchester Siti» unumli foydalanib qolmoqchi. Puchga ko‘proq o‘yin amaliyoti taqdim etishsa, balki u haqiqatdan ham ikkinchi Xaviga aylanar?!

Dele Alli - «Tottenhem» (24 yosh)

Bundan bir necha yillar oldin Angliyaning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun beriladigan sovrinni o‘ziniki qilgan Alli endilikda «Tottenhem» uchun keraksiz futbolchiga aylanib bo‘ldi. Ayniqsa, Joze Mourino bilan aloqalarning yomonlashib ketishi, vaziyatni to‘liq izdan chiqarib yubordi.

Endilikda, portugaliyalik murabbiy Deleni muammolar yaratish borasida tengsiz deb atamoqda. Shu bois, uni qishda ketkazib yubormoqchi. Klub esa, nafaqat transfer, hatto ijara asosida bo‘lsa ham Allini qo‘yib yuborishga tayyor.

Ayni damda futbolchining agenti bilan bir nechta APL klublari qiziqish bildirgan. Ular orasida: «Vest Hem», «Nyukasl» va «Lids» jamoalari mavjud.

Irfan Jan Qahvachi - «Istanbul» (25 yosh)

Turkiya klubi kutilganidek YECHLda o‘z guruhining so‘nggi pog‘onasidan o‘rin egalladi. Shunga qaramay, bu turnirdagi ishtirok futbolchilar uchun plyus bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, Irfan Jan uchun. U «RB Leypsig»ga qarshi uchrashuvda 3 ta gol kiritdi. Shuningdek, PSJ darvozasini ham ishg‘ol qildi.

Aslida, uning transferi bilan o‘tgan mavsumda ispan klublari qiziqayotgan edi. Endi esa, ular qatoriga bir nechta APL klublari ham qo‘shildi. Qahvachining klub bilan tuzgan shartnomasi tez orada yakunlanadi. Shu bois, qishda Irfanning kuchli beshlik a’zolaridan biri safiga borib qo‘shilishi hech gap emas.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:10, 26.12.2020.
O'qildi: 6800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.