Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-0 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 0-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Kutilmagan natija! «Arsenal» «Chelsi»ni mag‘lub etdi

Kutilmagan natija! «Arsenal» «Chelsi»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 15-turi doirasida «Arsenal» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qilib, ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.

Bahsning 34-daqiqasida hakam mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Lyakazett undan samarali foydalanib, hisobni ochdi. Taym tugashiga 1 daqiqa qolganida "kanonirlar" a’zosi Granit Jaka olis masofadan belgilangan jarimadan ajoyib zarba yo‘llab, farqni ikkitaga oshirdi.

Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasiga kelib esa Bukayo Saka hisobni 3:0 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Shundan so‘ng Lempard jamoasi vaziyatdan chiqib ketish uchun hujumlar tashkil qildi. O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Abraxam "Chelsi"ning birinchi javob to‘pini mezbonlar darvozasiga joyladi.

Asosiy vaqtning eng so‘nggi daqiqasida esa "Arsenal" darvozasi tomon penalti belgilandi. Jorjinyo tomonidan yo‘llangan zarbani darvozabon Leno qaytardi.

Mazkur penalti golga aylanganida qo‘shib berilgan 5 daqiqalik "Arsenal" uchun haqiqiy sinovga aylanardi. Ular g‘alabani saqlab qolishdi va 7ta o‘yindan beri davom etib kelayotgan golsiz seriyaga barham berishdi. Arteta jamoasi o‘z ochkolarini 17taga yetkazib, jadvalda 14-o‘ringa ko‘tarildi.

Angliya premyer-ligasi, 15-tur
Arsenal – Chelsi 3:1 (2:0)
Gollar: 1:0 – 34, penalti Lyakazett, 2:0 – 44 Djaka, 3:0 – 56 Saka, 3:1 – 85 Abraxam.
Noaniq penalti: Jorjinyo (90+1, darvozabon)
Arsenal – Leno, Xolding, Tirni, Mari, Belyerin, El-Nenni, Saka, Smit-Rou (Uillok, 65), Jaka, Martinelli (Pepe, 71), Lyakazett (Mustafi, 90).
Chelsi – Mendi, Zuma, Chiluell, Djeyms, Tiago Silva, Kovachich (Jorjinyo, 46), Maunt, Kante (Xaverts, 74), Pulishich, Verner (Xadson-Odoi, 46), Abraxam.
Ogohlantirishlar: Mari (16), Tiago Silva (73), Tirni (83).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:27, 27.12.2020.
O'qildi: 3398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик