«PSJ» rahbariyati argentinalik murabbiy Maurisio Pochettino bilan shartnoma imzolash borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar tarqatdi. Shartnoma bandlari haqida esa ma’lumot berilmadi.
Manbaga ko‘ra, Tomas Tuxel shartnoma muddatidan avval bekor qilingani uchun 6 mln. yevro miqdorida kompensatsiya puli oladi.