Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Messi «Barselona»dan ketadimi? Leo javob berdi

Messi «Barselona»dan ketadimi? Leo javob berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘zining kelajagi haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Messining "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.

Argentinalik futbolchi o‘tgan yilning yozida «Barselona»dan ketmoqchi bo‘lgandi, ammo yakunda u shartnomaning oxiriga qadar klubda qolishga qaror qildi.

«Men hozirda birorta klub bilan muzokara olib bormayapman. Mavsum oxiriga qadar bu borada hech qanday aniqlik bo‘lmasa kerak. Neymar? Uni ortga qaytarish juda qimmatga tushadi.

Men vaqti kelib AQSHda o‘ynashni istardim, bu mening orzum. Ammo bu amalga oshadimi yoki yo‘qmi, bilmayman.

Men «Real» yoki «Atletiko»ga o‘tmayman. Buning mutlaqo iloji yo‘q. «Barselona»dan ketamanmi yoki yo‘qmi, buni bilmayman. Bu haqda mavsum so‘ngida aytaman. Umid qilaman, faoliyatimni yakunlaganimda klubning bir qismi bo‘lib qolaman», — dedi Messi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 08:41, 28.12.2020.
O'qildi: 14616 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик