"Atletiko" "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoni ijaraga olish borasida muzokara olib bormoqda. Bu haqda Britaniya OAV xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "matraschilar" Alonsoni 2020/2021 yilgi mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi.
Markos Alonso Ben Chiluellga raqobatda yutqazib klub asosiy tarkibidan tushib qolgan.
Ma’lumot uchun joriy mavsum Alonso Premer-ligada uchta o‘yinda maydonga tushdi.