Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

"Globe Awards": «Ronaldu Messidan bir asrga o‘zib ketdi»

"Globe Awards": «Ronaldu Messidan bir asrga o‘zib ketdi»

Baho:
+ | -

Stadion.uz  yaqindagina bo‘lib o‘tgan «"Globe Awards"» taqdirlash marosimi haqida atroflicha fikr almashadi. 

«Globe Awards» o‘zi nima?

Bu sovrinni 2010 yildan boshlab har yili egalariga topshirib kelishmoqda. Boshqacharoq qilib aytganda, yil davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan futbolchilar uchun «Dubai D'ors» sovrini topshirilmoqda. Aslida, bu sovrinning ilk egalari sifatida futbol olamida u qadar ko‘zga tashlanmaydigan shaxslar tanlab olingan edi. Yilning eng yaxshi agenti - Jorje Mendesh, Migel Anxel Til - eng yaxshi sport direktori va Adriano Galliani esa, buyuk xizmatlari uchun alohida sovringa ega chiqqan edi. 

2011 yildan boshlab, «Globe Awards» to‘liq shakllandi. Endilikda, sovrindorlar soni 6 tagacha kattalashdi. Shunday qilib, 2011 yilda Ronaldu sayyoramizning (Dubai D'ors nashri talqinga ko‘ra) eng yaxshi futbolchiga aylanadi. Qo‘shimchasiga, unga oav markazidagi eng mashhur shaxs« ham deb topishdi. Gap shundaki, bu taqdirlash marosimini tashkillashtirishda Jorje Mendesh asosiy figuralardan biri sanaladi. Mendesh pullari ko‘p shayxlar tashkil etilayotgan kechalarga futbol yulduzlarini olib kelish bilan shug‘ullanadi. Shu bois, uni investorlar sira xafa qilishmayapti. 

Bundan avvalgi g‘oliblari

"Globe Awards" sovrini bu kunga qadar Ronaldu naqd 5 bor qo‘lga kiritgan edi. Bundan tashqari, sovrinni o‘z vaqtida Falkao, Riberi, Messi va Robert Levandovskilar ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishgan. «Oltin to‘p»dagi mash-mashalardan so‘ng, Ronaldu o‘zini "Globe Awards"da ancha erkin his qilishi mumkin. Uning bu sovrinlar borasida Messi bilan umumiy hisobi 6:1 ga aylandi. 

Bu sovrin nimasi bilan qiziq?

Bu yili sovrinni qo‘lga kiritish maqsadida Dubayga nafqat Ronaldu, balki Levandovski, Kasilas, Pike, Butregano va Janni Infantinnolar tashrif buyurishdi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu yulduzlarning tashrifini shaxsan Jorje Mendesh tashkil etadi. Uning tashabbusi evaziga, Dubay amirlari uni xursand qilishda davom etishmoqda. Qahramonimiz, deyarli 10 yildan beri yilning eng yaxshi futbol agenti nomini hech kimga bermay kelmoqda. Faqat bir marotaba Mino Rayola bu sovringa ega chiqqan. O‘sha yili u Pol Pogbani »Manchester Yunayted«ga o‘tishini ta’minlagani uchun ham shu sovrinni o‘ziniki qilib olgan edi. 

"Globe Awards" ni bu yil kim oldi?

Hech qanday syurprizlar bo‘lgani yo‘q. Tashkilotchilar qolganlardan bir bosh baland bo‘lgan Robert Levandovskini taqdirlashdi. Barcha yilning eng yaxshi futbolchisi polyak bo‘lsa, Ronaldu nega kelgani bilan qiziqib qoldi. Tashkilotchilar esa, sovrinning yuziga aylanib ulgurgan Ronalduni alohida nominasiyada tengsiz deb topishdi! 

"Globe Awards"talqinga ko‘ra asr futbolchisi

Arab shayxlari 21-asrning endigina 21 yili ortda qolgan bo‘lsada, Ronalduni 100 yillikning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilishdi. Unga, maxsus sovrin topshirildi. To‘g‘risi, oldinda 80 yil bo‘lishiga qaramay, hech kim Krishning natijalarini takrorlay olmasligiga ishonch hosil qilishgan ko‘rinadi. To‘g‘ri, bu nominasiyaga futbolchini loyiq deb bo‘lmaydi, ammo bu sovrin futbolchining muxlislarini 100 foiz xursand qildi deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, Messi bilan »oltin to‘p«lar soni 5:6 bo‘lib turgan vaziyatda. 

"Globe Awards" talqinga ko‘ra asr agenti

Sezganingizdek, bosh tashkilotchi endi boshlangan asrimizning eng kuchli futbol agenti deb e’tirof etildi. O‘zi o‘ylab topgan sovrinni o‘ziga topshirilganida, agent juda ta’sirli so‘zlarni aytdi. Boshqa futbol agentlari esa, turli ijtimoiy tarmoqlarda portugaliyalikning ustidan kulishga urindi. Uning aytishiga qaraganda, agar ishlar shu tempda ketsa, yaqin 10 yil ichida bu sovrin »oltin to‘p«dan o‘zib ketishi aniq. Afsuski, bu sovrinni Jorjo Mendesh qabul qila olmadi. U xizmat safida bo‘lgani uchun virtual tarzda so‘zga chiqdi. Nima ham derdik, asrimizning eng kuchli agentining ishlari ko‘p ekan. 

"Globe Awards" talqinga ko‘ra asrimizning eng kuchli klubi

Bu sovringa tashkilotchilar «Real Madrid»ni loyiq ko‘rishdi. Bunga katta ehtimol bilan, ketma-ket 4 ta YECHLdagi g‘alaba sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. To‘g‘risi, bu tanlov ko‘pchilikni hayron qoldirmagani aniq. Bu borada, «Barselona» muxlislaridan boshqa hech kim bahslashmasa kerak. 

«Globe Awards» talqinga ko‘ra asrimizning eng kuchli murabbiyi

«Real Madrid» sovringa haqli topilgach, ko‘pchilik Zayniddin Zidanning nomi yangrashini kutgan bo‘lsa, ajab emas. Tashkilotchilar esa, futbol olamida kichik inqilob qilgan Pep Gvardiolani kuchliroq deb hisoblashdi. Bu tanlov borasida ham ortiqcha e’tiroz yo‘q, ammo oldindagi 80 yil ichida boshqa bir murabbiy kattaroq inqilobni amalga oshirmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Ispaniyalik mutaxassis ham Dubayga tashrif buyurmadi. U APLning eng zich taqvimi sanalgan kunlarda jamoa bilan bo‘lishga qaror qildi. 

"Globe Awards" talqinga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi

The Best» sovrinini Yurgen Klopp ilib ketgan edi. Dubaydagi sovrin esa, «Bavariya» bilan barcha rekordlarni yangilagan Ditter Flikka topshirildi. «Bavariya» murabbiyi sovrinni qabul qilib olish maqsadida Dubayga kelmagan edi. Shu bois, uning esdalik sovg‘alarini o‘zi bilan Robert Levandovski Myunhenga olib ketadigan bo‘ldi. 

Fantastik futbol faoliyati uchun 

Katta ehtimol bilan, «Dubai D'ors» sovrinning omma orasida kengroq yoyilishi maqsadida shu nominasiyani tashkil etdi. Sovrin «Real» va «Barsa» afsonalari Iker Kasilas va Jerar Pike O‘zining keskin so‘zlari bilan hammani e’tiborida bo‘lgan Pike ham «o‘zbekchilik» qildi. «Egan og‘iz uyalar» deganlaridek, shirin so‘zlarni ayab o‘tirmadi:

«Men uchun bu sahnada turish katta sharaf! Biz Iker bilan birgalikda JCH va Yevropa chempionatida g‘alaba qozonganmiz. Terma libosida birga jang qilganmiz. Ronaldu bilan esa, «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilganmiz. Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi damlardan biri edi.”

Iker o‘ziga sodiq qoldi va sovuqqonlikni yo‘qotmadi. Marosim so‘nggida, barcha yig‘ilganlar umumiy suratga tushdi va bu tezda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyildi. Ayni damda, ko‘plab muxlislar asr  futbolchisiga aylangan Ronalduning sovringa haqli yoki nohaq ekanligi borasida fikr bildirmoqda. Siz ham o‘z fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:11, 29.12.2020.
O'qildi: 11060 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.