"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi ayni damda erkin agent hisoblanadi. U oktyabr oyida "Vest Xem" bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
Avvalroq, uning xizmatiga Shotlandiya klublaridan ham taklif borligi haqida xabarlar tarqalgandi.