Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

«Turon» Superligada yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqchi

«Turon» Superligada yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqchi

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Turon» 2-yanvar kunidan Qo‘qon shahrida yig‘ilib yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Xabaringiz bor, "Turon" bugunga qadar qadar bir qator transferlarga qo‘l urdi. Xususan tojikistonlik yarim himoyachi Umarjon Sharipov (Xatlon, Tojikiston), Davron Umirov ("Lokomotiv"), Muzaffar Muzaffarov ("Qo‘qon-1912"), Abduqahhor Hojiakbarov ("Surxon", Ibrohim Yo‘ldoshev ("Surxon") bilan rasman kelishuvga erishildi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joiz, klub tomonidan amalga oshirilgan transferlar borasida ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida «Turon» bosh murabbiyi Islombek Ismoilovga savol bilan yuzlandik.

— Islombek aka, "Turon" bugunga qadar bir qator transferlarga qo‘l urdi. O‘tgan mavsum yakunida jamoa Superligaga yo‘l oladigan bo‘lsa, amaldagi tarkib futbolchilari saqlab qolinishini, ularga imkon berilishini aytib o‘tgandingiz. Mavjud vaziyat yuzasidan izoh bersangiz...

— "To‘g‘ri, hozirda "Turon" tomonidan amalga oshirilayotgan transferlar bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tushunmovchilik xolatlari mavjud. Bilasizmi, jamoamiz har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yib keladi. Biz Superligada ham faqat yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqchimiz. Shu sababdan tarkibimizga bir qator tajribali futbolchilarni jalb etmoqdamiz.

O‘tgan mavsumda aytilgan fikrlar, ya’ni jamoani Superligaga olib chiqqan tarkib saqlanib qolinishi rejamizning bir qismi. O‘sha tarkibdagi futbolchilar jamoamizda saqlab qolingan. Aytish mumkinki, bugunga qadar o‘tgan mavsumda tarkibimizda harakat qilgan 3 nafar futbolchilar, Shukurali Po‘latov, Otabek Haydarov va Shohrux Xolmatov o‘z hohishlariga ko‘ra jamoamizni tark etishdi.

Shunga oydinlik kiritish lozim, o‘tgan mavsumda PRO-Ligada jamoamiz tarkibida 21 nafar futbolchi harakat qilgan. Bundan tashqari aksariyat futbolchilarimiz juda yosh edi, shu bois ularga ham ko‘proq o‘yin amaliyoti berish maqsadida U-21 jamoasiga o‘tkazildi. Shularni hisobiga asosiy jamoamizda jami 15 nafar futbolchi qolgan edi. Superligada asosiy jamoada 25 nafardan iborat futbolchilar ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Ayni damda bizda yana 10 nafar futbolchining o‘rni bo‘sh edi, shundan kelib chiqib bir qator Superliga havosini olgan tajribali futbolchilarni tarkibga jalb qildik. Hozirga qadar e’lon qilingan transferlardan tashqari yana 4 nafar Superligada o‘ynagan futbolchilar bilan ham kelishuvga erishganmiz, bu haqida yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi. Klubimizda amalga oshirilayotgan ishlar aniq reja va dastur asosida tashkil etilmoqda" — deydi «Turon» bosh murabbiyi.

"Turon" futbol klubi matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/FCTURON2017
Kiritildi: 22:46, 01.01.2021.
O'qildi: 4487 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик