Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Xasselbaynk bosh murabbiylikka qaytdi

Xasselbaynk bosh murabbiylikka qaytdi

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi sobiq hujumchisi Jimmi Floyd Xasselbaynk Angliyaning birinchi ligasi ishtirokchisi "Berton" klubida murabbiylik faoliyatini tikladi. Xasselbaynk "Berton" klubida 2014 yilning noyabr oyida ham ish boshlagandi.

"Berton" Jimmi Floyd qo‘l ostida ikkinchi ligada g‘olib chiqqandi, biroq, bir yildan so‘ng u "Kuinz Park Reyndjers" klubiga yo‘l olgandi.

Hozirda "Berton" birinchi liganing eng pastki pog‘onasida bormoqda. Jamoani quyi divizionga tushib ketmasligi uchun klub rahbariyati bosh murabbiy Jeyk Bakstonni o‘z lavozimidan ozod qilib, uning o‘rniga Xassebbaynkni taklif qildi.

"Berton" — mening yuragimga yaqin klub. Bu men va mening oilam uchun muhim klub sanaladi.

Hozir oldimizda umuman boshqa vazifa turibdi. Chunki, biz kerakli ochkolarni qo‘lga kiritib, so‘nggi pog‘onani tark etishimiz kerak.

"Bizda ajoyib jamoa borligini bilamiz, ammo bu bizningjadvaldagi pozisiyamizga ta’sir qilmaydi, shuning uchun biz ko‘proq ishlashimiz kerak", — dediXasselbaynk.

Kiritildi: 11:51, 02.01.2021.
O'qildi: 3017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик