Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ilhom Mo‘minjonov "Neftchi" bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi

Ilhom Mo‘minjonov "Neftchi" bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Bugun 2 yanvar kuni "Neftchi" PFK qarorgohida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov tashabbuslari bilan jamoaning yangi bosh murabbiyi tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda viloyat hokimining sport va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hurshid Ahmedov va "Neftchi" klubi direktori Zohidjon G‘ofurovlar ishtirok etib, Ilhom Mo‘minjonov "Neftchi" jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlanganligi va 4 yillik shartnoma imzolaganligini ma’lum qildi.

Shundan keyin, Ilhom Mo‘minjonov so‘zga chiqib, bor kuchi va tajribasini farg‘onaliklar ishonchini oqlash va jamoaning Superligadagi ishtiroki va salohiyatini qayta tiklashga sarflajagini bildirdi.

O‘z navbatida klub rahbariyati Ilhom Mo‘minjonovga boshlanayotgan yangi futbol mavsumida jamoani yuksak marralar sari yetaklashda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Manba: “Нефтчи” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 20:27, 02.01.2021.
O'qildi: 2491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик