Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ruslan Nurudinovdan ikki yillik taqiqning olib tashlangani ma’lum qilindi

Ruslan Nurudinovdan ikki yillik taqiqning olib tashlangani ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

Antidoping qoidalarini buzganligi sabab ikki yilga sportdan chetlashtirilgan og‘ir atletika bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinovdan taqiq olib tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonovga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shahrullo Mahmudovning aytishicha, Ruslan Nurudinov London—2012 Olimpiadasida qo‘lga kiritgan to‘rtinchi o‘rin bekor qilingan, xolos.

«Ruslan 2018 yilning dekabr oyida London Olimpiadasidagi doping tahlillari natijasiga ko‘ra sportdan chetlatilgan edi. O‘tgan ikki yil ichida Sport arbitraj sudiga zarur hujjat va ma’lumotlarni yetkazish ishlari bilan Ruslanning nomidan advokatlar shug‘ullandi. Ruslanning 2012 yildan keyin ishtirok etgan barcha musobaqalari hamda Rio Olimpiadasida topshirgan qoni qayta tekshirildi va hammasi toza chiqdi. Natijada, u 2012 yili bo‘lib o‘tgan London Olimpiadasida egallagan to‘rtinchi o‘rin bekor qilindi, xolos. Qolgan barcha medallari va rekordlari o‘zida saqlanib qolindi. Sud xulosasiga ko‘ra, 2020 yilning 17 dekabr kuni Ruslandan ikki yillik taqiq olib tashlandi. U endilikda musobaqalarda qatnashishi mumkin», — deydi Mahmudov.

Federasiya rasmiysi og‘ir atletikachi Tokio Olimpiadasida ishtirok etolmasligi sababiga ham to‘xtaldi.

«Ruslan ikki yil taqiqda bo‘lgan davrda, ya’ni 2019-2020 yillarda Tokio—2020 Olimpiadasiga lisenziya beradigan bir qancha musobaqalarda qatnasha olmadi. Hozir oldinda lisenziya beradigan yana bitta musobaqa turibdi. Agar Ruslan shu musobaqada qatnashib, kattaroq ochko olgan taqdirda ham u lisenziyani qo‘lga kiritolmaydi. Chunki uning ochkosi Tokio—2020 Olimpiadasida qatnashish uchun yetmaydi va u ishtirok etolmaydi».

Shahrullo Mahmudovning ta’kidlashicha, hozirda Ruslan Nurudinov 2020 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Ikki yil ichida Rusllanni yolg‘iz tashlab qo‘yganimiz yo‘q. Uni ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turdik. Hozir ham xuddi shunday. U ayni paytda aprel oyida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Osiyo chempionatiga jiddiy tayyorlanyapti. Shuningdek, Ruslan bilan 2022 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari va Parij—2024 Olimpiya o‘yinlariga ham tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz», — dedi Shahrullo Mahmudov.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning dekabr oyida London Olimpiadasidagi doping tahlillari natijasida besh nafar og‘ir atletikachi, shu jumladan, Ruslan Nurudinov ham sportdan chetlatilishi haqida xabar qilingandi.

Nurudinov Londondagi Olimpiya o‘yinlarida 105 kilogramm vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2016 yilgi o‘yinlarda siltab ko‘tarishda Olimpiya rekordini (237 kg) qayd etgan holda oltin medalga ega chiqqandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:00, 05.01.2021.
O'qildi: 8117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.