Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Qo‘qon-1912” mashg‘ulotlarini boshladi. Tarkibda yangilar bor

“Qo‘qon-1912” mashg‘ulotlarini boshladi. Tarkibda yangilar bor

Baho:
+ | -

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi 2021 yilgi futbol mavsumi uchun tayyorgarlikni boshladi. Jamoa a’zolari kechadan Qo‘qon shahrida yig‘ilishdi.

Garchi kecha jamoaning barcha a’zolari Qo‘qon shahriga yetib kelishmagan bo‘lsada, murabbiylar dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazishdi.Qo‘qondagi 2-BO‘SMga qarashli stadionda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda jamoa tarkibiga yangi qo‘shilgan hujumchi, sobiq “Mash’al” jamoasi a’zosi Mo‘min Meliyev hamda o‘tgan mavsumni “Andijon” jamoasida o‘tkazgan Farhod Bekmurodovlar qo‘shilishgan.

Shuningdek jamoa safida o‘tgan mavsumni “Turon” jamoasida o‘tkazgan himoyachi Shohruh  Xolmatov, Andijonda to‘p surgan Azamat Isroilov va darvozabon Eldor Adhamovlar mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Bu futbolchilar jamoa ko‘rigida bo‘lib turishibdi. Jamoaning ayrim futbolchilari bugun Qo‘qonga yetib kelishadi. “Qo‘qon-1912” jamoasining yetakchi futbolchilari Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Quvondiq Ro‘ziyev va Shohnazar Norbekov esa bosh murabbiyning ruxsatiga ko‘ra biroz kechroq jamoa ixtiyoriga yetib kelishadi. Suhrob Berdiyev hamda Hamidillo Abduhamidov esa davolanish jarayonlarini davom ettirishmoqda.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 12:49, 05.01.2021.
O'qildi: 2457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.