Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta 2-3 Komo
25/09 00:00 Real Madrid 3-2 Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

Botir Zaripov: «Futbolda ham ishlaydigan tizim barpo etishimiz kerak!»

Botir Zaripov: «Futbolda ham ishlaydigan tizim barpo etishimiz kerak!»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 8 yanvar kuni Buxoro futbol assosiasiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi.  Unda Buxoro futbol assosiasiyasi Ijroqo‘m a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, kuzatuvchi sifatida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hududiy futbol assosiasiyalari bilan ishlash bo‘limi mutasaddilari, qolaversa, delegatlar sifatida Buxoro viloyati tuman (shahar)lar futbol assosiasiyalari Prezidentlari, viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, O‘zbekiston Pro-liga va 1-liga musobaqalarida ishtirok etuvchi futbol klublari, viloyat futbol mahorat maktabi, bolalar va o‘smirlar futbol maktabi, futbol faxriylari qatnashishdi.

Kongress kun tartibidan o‘rin olgan birinchi masalada Buxoro futbol assosiasiyasi tomonidan 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti eshitildi. Shu bilan birga viloyat futbol assosiasiyasining 2021 yilgi byudjeti tasdiqlandi  hamda viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise prezidenti, qolaversa, Buxoro futbol assosiasiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari saylandi.  Unga ko‘ra, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov Buxoro viloyat futbol assosiasiyasi Prezidenti, viloyat Ichki Ishlar  boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Aliyev Buxoro viloyat futbol assosiasiyasi vise prezidenti, Farrux Hamroyev Buxoro viloyat futbol assosiasiyasi I vise prezidenti etib tasdiqlandi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat rahbari so‘nggi yillarda xalqimizning salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatimizda alohida o‘rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinayotganligi alohida ta’kidladi. Qayd etilganidek, bugungi kunda yurtimizda futbol jadal rivojlanib bormoqda. Oliy ligadan Superligaga o‘zgartirilgan milliy chempionatimiz ham rivojlanib borayapti.

Garchand viloyatimiz bosh jamoasi “Buxoro” klubi 2020 yilgi Superliga bahslarida omadi kelmagan bo‘lsada, jamoada yangidan-yangi iste’dodli o‘yinchilar kashf etilmoqda. Bu bejiz emas. Chunki mamlakatimiz futbolining har bir davrida Buxoroning o‘ziga xos iqtidorli futbolchilari mavjud bo‘lgan. Ular turli yoshdagi terma jamoalardan tortib, milliy terma jamoamiz safida o‘nlab uchrashuvlarda o‘z mahoratlarini namoyish etishgan. Bunday iqtidor egalari hozir ham bor.

— Mana, yaqinda klubda o‘zgartirishlar qildik. Murabbiylar shtabini yangiladik. Ko‘ramiz, ular qanday natija ko‘rsatisharkan? Biz barcha sohalarda bo‘lgani kabi futbolda ham ishlaydigan tizim barpo etishimiz kerak, -dedi Botir Zaripov.

Kongressda so‘z olgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise prezidenti Shoakram Isroilov Buxoro futbolining o‘ziga xos tarixi borligini, uning ana shu tarixiy an’analarini qayta tiklash zarurligini aytib o‘tdi.

Shu kuni yig‘ilishda viloyatimmiz shahar va tumanlaridagi mahallalarda sport maydonchalarini tashkil etish, yopiq sport majmualaridan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bu borada viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Shahriyorovning axboroti eshitildi. Botir Zaripov axborotda qayd etilgan kamchiliklarning qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan shahar va tumanlar hokimlari, tegishli mutasaddilarga topshiriq berdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 08:40, 09.01.2021.
O'qildi: 2935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.