Kirish Ro'yxatdan o'tish

Eden Azar: «Agar jarohatlar davom etsa 35 yoshgacha o‘ynamayman»

Eden Azar: «Agar jarohatlar davom etsa 35 yoshgacha o‘ynamayman»

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Eden Azar faoliyatini yana qancha vaqt davom ettirishi borasidagi savolga javob berdi.

«Ko‘ramiz, tanam meni o‘z holimga qo‘yarmikan. Agar jarohatlar davom etadigan bo‘lsa, men 35 yoshgacha o‘ynamayman.

Zavq olish kerak. Yoshing o‘tgan sari yanada ko‘proq zavqlanish kerak, to‘g‘rimi? Bu aynan menga kerakli jihat. Men har doim futbolda bo‘laman, biroq balki, bu professional darajada bo‘lmas», — deydi Azar.

Azar 2019 yilning yozida «Chelsi»dan «Real» safiga o‘tgandi. Madridliklar bilan amaldagi shartnomasi tugagan vaqtda Eden 33 yoshdan oshgan bo‘ladi.

Belgiyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 5 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga muallif bo‘ldi. 2019/20 yilgi mavsumda u Primerada 16 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va 6 ta samarali uzatma amalga oshirgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:21, 09.01.2021.
O'qildi: 2765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик