Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

A seriya. «Yuventus» - «Sassuolo». Anons (1-qism)

A seriya. «Yuventus» - «Sassuolo». Anons (1-qism)

Baho:
+ | -

Bugun tunda A seriya 17-turining yana bir muhim o‘yini bo‘lib o‘tadi. "Yuventus" - "Sassuolo".

O‘tgan turda har ikki klub ishtirokidagi o‘yin kanallarimiz orqali translyasiya qilingan. Pirlo jamoasi "Milan"ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ygan bo‘lsa, "Sassuolo" Eldordan gol o‘tkazib bo‘lsada "Jenoa"ni yenggan.

Albatta, turinliklarning g‘alabasi qirolning qaytishi sifatida baholandi. Ya’ni, "Yuventus" yana chempion bo‘lish uchun asosiy davogar-u, qolganlar, jumladan "Milan" ham vaqtinchalik to‘siqdek. Ammo, hammasi u qadar jo‘n emas. 17-turga kelib "Yuve" hozircha qatorasiga uch o‘yinda g‘alaba qozona olmagan. Bir, ikki... va sanoq yana boshidan boshlanadi.

Pirlo tomonidan sekin-asta joriy etilayotgan qisqa uzatmali o‘yin hali mukammal ko‘rinishga kelmadi, pressingni yaxshi uddalagan klub bu o‘yinni buzib qo‘ymoqda. Lekin, bugungi raqib kuchli pressing bilan maqtana olmaydi. Agar "Yuventus" yengsa, qatorasiga 3 g‘alabaga yetgan, ayni dam o‘zidan bir ochko ortda qolayotgan raqibdan ancha ildamlagan bo‘lardi. Favorit, shubhasiz, Ronaldu va jamoadoshlari.

"Sassuolo" haqida kechroq, o‘yinga yaqin yozaman, nasib qilsa. Qiziq jamoa. Bugun gollar ko‘p bo‘lishini kutyapman. Birga ko‘ramiz!

"Yuventus"-"Sassuolo"
00:45/Futbol TV

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 17:05, 10.01.2021.
O'qildi: 2761 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.