Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Timoti Fosu-Mensa Germaniyaning "Bayer" jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi.
Germaniya matbuotiing tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, futbolchi 2021 yilning yozigacha "Bayer" tarkibida ijara asosida o‘ynaydi.
23 yoshli Fosu-Mensa "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum "mankunianliklar" tarkibida barcha turnirlarda 3 o‘yinda ishtirok etdi.