Turinning «Yuventus» klubi «Napoli» hujumchisi Arkadiush Milikning transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Shu haftada turinliklar vakillari polshalik futbolchi bilan uchrashadi va shartnoma shartlarini kelishib olishadi.
Italiya matbuotining yozishiga qaraganda, Milik Turinda yiliga 5 million yevro ishlab topib niyatida. Bundan tashqari, shartnomada sovrinlar uchun turli xil bonuslar bo‘lishini talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, polshalik hujumchi uchun «Marsel», «Atletiko» va «Roma» klublari ham faol qiziqish bildirishmoqda.