Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Hakim Fuzaylov «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Hakim Fuzaylov «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan «Dinamo» jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Klub rahbariyati bir qator mutaxassislar bilan muzokara o‘tkazib, bosh murabbiy masalasida kelishuvga erishdi.

Bugun, 15 yanvar kuni «Dinamo» jamoasi qarorgohida klub rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, tojikistonlik taniqli murabbiy Hakim Fuzaylov «Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Hakim Qayumovich oldiga jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi yuklatildi. Murabbiy bilan bir yillik shartnoma imzolanib, Superligaga chiqish vazifasi bajarilgach shartnoma uzaytiriladi. Bosh murabbiyga bungacha klubda faoliyat yuritayotgan mahalliy mutaxassislar Jasur Hamroyev va Dilshod Sharofutdinov yordam beradi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida Shuhrat Murodov ishlashda davom etadi.

Hakim Fuzaylov «Dinamo» uchun begona emas. 56 yoshli mutaxassis 2000-2002 yillar davomida Samarqandda faoliyat yuritgan va murabbiy sifatida jamoaning O‘zbekiston chempionatidagi eng yaxshi natijasini qayd etishga hissa qo‘shgan.

Umid qilamizki, katta tajribaga ega murabbiy Hakim Qayumovich bu safar ham «Dinamo» jamoasi bilan muxlislar istayotgan cho‘qqilarni zabt eta oladi.

Ma’lumotnoma:

Hakim Qayumovich Fuzaylov

Tug‘ilgan yili: 1964 yil, 12 avgust kuni

Tug‘ilgan joyi: Tojikiston, Dushanbe shahri.

Fuqaroligi: Rossiya

Futbolchilik faoliyatida to‘p surgan klublari:

1982-1983 yillar - «Paxtakor» (Qo‘rg‘ontepa, Tojikiston)

1986-1992 yillar - «Pomir» (Dushanbe)

1992-1995 yillar - «Lokomotiv» (Moskva)

1995-1997 yillar - «Arsenal» (Tula, Rossiya).

1992-1996 yil – Tojikiston milliy jamoasi.

Murabbiylik faoliyati:

1998-1999 yillar - «Buxoro»

2000-2002 yillar - «Dinamo»

2003 yil - «Andijon»

2004 yil - «Titan» (Rossiya)

2005 yil - «Lokomotiv» (Kaluga, Rossiya)

2005-2009 yillar - «Rostov» (Rossiya), yordamchi murabbiy

2009-2011 yillar - «Lokomotiv» (Rossiya), seleksioner murabbiy

2012-2014 yillar - «Lokomotiv» (Toshkent)

2015 yil - «Terek» (Rossiya) seleksioner murabbiy

2016-2018 yillar – Tojikiston milliy jamoasi

2018-2019 yillar - «Istiqlol» (Dushanbe)

2020 yil - «Ko‘ktosh» (Tojikiston)

2020 yil - «Xo‘jand» (Tojikiston).

2021 yildan «Dinamo» bosh murabbiyi.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 18:39, 15.01.2021.
O'qildi: 2952 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.