«Barselona» hujumchisi Lionel Messining xotini Antonella Rokusso boks bilan shug‘ullana boshladi.
32 yoshli ayol mashg‘ulotni boshlaganiga bir oy bo‘ldi. U mashg‘ulot jarayonidan video lavhani o‘zining instagramdagi sahifasiga joyladi.
«Boshlaganimga bir oy bo‘ldi. O‘rganyapman. Menga yoqyapti», — deya izoh berdi Antonella videoga.
Ma’lumot o‘rnida. Messi va Rokussoning 3 nafar farzandi bor — Tyago, Mateo va Chiro.