Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Messi yoki Ronaldu? Shomurodov javob berdi

Messi yoki Ronaldu? Shomurodov javob berdi

Baho:
+ | -

"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning "La Gazzetta dello Sport" nashriga intervyu berdi.

"Jenoa"dan taklif tushganida men darhol rozi bo‘ldim. Ha, qiyinchiliklarga duch kelishim mumkinligini bilardim. Menda esa faqat bitta yo‘l mavjud edi: tinimsiz mehnat orqali o‘zimni ko‘rsatish.

Jismoniy holatim ustidan ko‘p ishladim. Qolgani esa texnik va aqlga bog‘liq. Men O‘zbekistonda "Mash’al" klubi akademiyasida tarbiyalanganman. O‘shanda men hujumchi nafaqat jismoniy jihatdan kuchli bo‘lishi kerak, balki to‘pni nazorat qilish kerakligini ham tushunib yetgandim.

O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko‘p. Ular ham xorijning kuchli jamoalarida o‘ynashga munosib. Ehtimol, ular mening ortimdan Yevropaga yo‘l olishar.

Meni o‘zbekistonlik Messi deb atashyaptimi? Ochig‘ini aytsam, nima uchun bunday deyishlarini tushunmayman. Mening futboldagi kumirlarim — Drogba va Rivaldo. Rivaldo "Bunyodkor"da o‘ynaganida uning futbolkasini olgandim.

Mourinyo? Shunchaki u birinchi raqamli murabbiy. Eng yaxshi futbolchi? Ularning soni ko‘p. Men esa Krishtianu Ronalduni tanlayman", — dedi Shomurodov.

Manba: www.gazzetta.it
Kiritildi: 23:23, 15.01.2021.
O'qildi: 15973 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик