«Biz sabr-toqat bilan harakat qildik, chunki raqib juda yaxshi, himoyaviy o‘yin namoyish etdi. Bu muhim g‘alaba. Biz so‘nggi bir necha mavsumdagi kabi o‘ynashga va himoya chizig‘ida xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilyapmiz. Agar menga eng ma’qul keladigan bitta o‘yinchi bo‘lsa, bu Jon Stounz. U bunga loyiq bo‘lgani uchun ham o‘ynayapti»- deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda angliyalik himoyachi 26 va 61 daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi.
Ma’lumot uchun, «Man Siti» 17 o‘yinda 35 ochko jamg‘argan holda Premer-liga turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda. 23 ochko to‘plagan «Kristal Pelas» esa o‘n uchinchi o‘rindan joy olgan.