Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni — AGMK futbolchisiga aylandi

Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni — AGMK futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

AGMK o‘tgan yillar mobaynida «Metallurg» sharafini himoya qilgan himoyachi -  Abbos Otaxonov bilan shartnoma imzoladi. Mustahkam va ishonchli harakatlari bilan mudofaa chizig‘ida qurg‘onga aylanadigan Otaxonov endilikda «konchilar» libosida AGMK sha’nini himoya qiladi. Abbos Otaxonov erkin agent sifatida jamoamiz bilan 1 yillik bitimga imzo chekdi.

Abbos Otaxonov 1995 yili 25 avgust kuni Farg‘ona viloyatida tavallud topgan.

«Paxtakor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Abbos Otaxonov 2015 yildan e’tiboran katta futbolda. Futbolchi 2016 yilgi mavsumni «sherlar» safida o‘tkazib, 10 o‘yinda maydonga tushgan. 2017 yilgi mavsumda esa Otaxonov «Navbahor» safida elitada 17 bellashuv o‘tkazgan hamda 1 bor gol muallifiga aylangan. 2018 yildan e’tiboran ketma-ket uch mavsumni «Metallurg» safida o‘tkazgan Abbos Otaxonov jami 78 o‘yinda maydonga tushib, 3 bor gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Abbos Otaxonov 6 yillik faoliyati davomida barcha musobaqalarda jami 117 o‘yin o‘tkazgan va 4ta gol kiritgan.

Abbos Otaxonov O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 2018 yilgi Xitoyda o‘tgan Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi hisoblanadi.

Abbos Otaxonov himoya chizig‘ida ham o‘ng qanot va markaziy himoya nuqtalarida ishonchli va barqaror o‘yin ko‘rsatadigan iqtidor sohibi.

Abbos Otaxonov: «Yangi jamoaga yangi maqsadlarni ko‘zlab o‘tdim. AGMKda ahil jamoa yig‘ilganini ilk kundayoq his etish mumkin. Yuqori maqsad va vazifalarni uddalash hamda Osiyo maydonlarida muvaffaqiyatli o‘ynashni istayman. Menga bildirilgan ishonchdan xursandman. O‘z o‘yinlarim bilan jamoaga foyda keltirish va muxlislarni xushnud etish uchun bor kuchimni sarflayman».

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 20:19, 18.01.2021.
O'qildi: 4240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик