Niderlandiyaning «Ayaks» klubi yarimhimoyachisi Kvinsi Promes Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tmaydigan bo‘ldi.
Buni shaxsan amsterdamliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag matbuot anjumanida alohida ta’kidlab o‘tdi. U 29 yoshli futbolchining xizmatlaridan mavsumning ikkinchi qismida ham foydalanmoqchi.
Bundan avvalroq rus klubining Promes bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. U sobiq jamoasiga endi yozda qaytishi mumkin.