Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Sho‘rtan» rahbariyati o‘z muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi

«Sho‘rtan» rahbariyati o‘z muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Birinchiligi PRO-Liga musobaqasi ishtirokchisi bo‘lgan “Sho‘rtan” PFK rahbariyati va murabbiylar guruhi  yangi mavsum arafasida o‘z muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur tadbir 21 yanvar sanasida jamoaning G‘uzordagi qarorgohida tashkillashtirildi.

Ushbu yig‘ilishning bosh mavzusi “Oq bo‘rilar” jamoasining o‘tgan yildagi faoliyati, yutuq va kamchiliklari, shuningdek yangi mavsum rejalari, taradudiga qaratildi. Bu borada “Sho‘rtan” PFK bosh menejeri Shamil Yarulin, bosh murabbiy Asror Aliqulov hamda G‘uzor “Markaziy” o‘yingohi direktori Iskandar Bo‘riyev  o‘z fikrlarini bayon qilishdi. Shu bilan birga muxlislar o‘z tomonidan berilgan savollarga ham batafsil javob olishdi.

O‘rtaga tashlangan savollarning asosiy qismi bu barchani birdek  qiziqtirgan va shu bilan birga “Sho‘rtan” muxlislarini bezovta qilayotgan yangi futbolchilar transferi bilan bog‘liq bo‘lgan ta’qiq masalasi bo‘ldi. “Transfer bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovning tarixi ko‘pchilikka ma’lum. 2012 yilda jamoada qisqa va samarasiz faoliyat ko‘rsatib ketgan legioner murabbiylar - I.Kriushenko hamda V.Varivonchiklar bilan yuzaga kelgan mojarolar hali ham davom etmoqda. Afsuski, ushbu masala bo‘yicha FIFA va O‘FA tomonidan klubimizga nisbatan quyilgan ta’qiqlar sababli tarkibimizni boshqa jamoa futbolchilari bilan kuchaytira olmasligimizdan ham to‘g‘ri va samarali foydalanishimiz mumkinligini shuningdek, bu o‘z navbatida akademiyamizning tarbiyalanuvchilari, mahalliy futbolchilarimiz va yoshlarimiz uchun o‘zlarini sinab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatlardan biri ekanligi aytib o‘tildi.

2021 yilni Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb e’lon qildi va bu ham bejizga emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2019 yildagi PF-5887-sonli “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini ijrosini ta’minlash uchun bizga katta imkoniyatlar yaratdi. Shu bois, yangi mavsumda tarkibimiz asosini  faqat o‘z Akademiyamiz tarbiyalanuvchilari hisobidan shakllantirishimiz mumkin. Shundan kelib chiqib, “Sho‘rtan” jamoamiz oldiga yangi yilda PRO-Liga musobaqa jadvalining o‘rta qismidan joy olish vazifasi qo‘yiladi.

To‘g‘ri, boshlanishi oson kechmaydi. Ammo bu biz uchun katta maktab vazifasini o‘tab beradi. Xabaringiz bor, ayni paytda klub Akademiyamiz o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Yaqin yillar ichida maqsadimiz ham aynan ushbu maskandan kamol topadigan viloyatimizning hamda mahalliy - G‘uzorlik iste’dodli yoshlarimiz kuchiga tayanib, “Sho‘rtan”ni yuksak cho‘qqilarga olib chiqish.

Maqsadlarimizni klubimiz bosh homiysi hamda klub prezidenti, “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” direktori SH.D.Jabborov ham ma’qullamoqda. Bu borada o‘z taklif va ko‘rsatmalarini berib turibdi. Chunki bu shubhasiz istiqbolli rejalar toifasiga kiradi.  

O‘ylaymanki, “Sho‘rtan” jamoamizning muxlislari bizni tushunishadi va albatta, qo‘llab-quvvatlashadi”, - dedi SH.YArulin

Yuqoridagilarni inobatga olib, jamoa bosh murabbiyi - Asror Choriyevich Aliqulov ham o‘z navbatida “Sho‘rtan” jamoasi uchun bu yil og‘ir va mashaqqatli bo‘lishini muxlislarga ta’kidlab o‘tdi. Muxlislardan o‘z sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlab, stadionda o‘zlarini munosib tutishlarini, futbolchi va murabbiylarni, ularning mehnatini hamda bir-birlarini hurmat qilishlarini so‘rab, fikrlarini yakunladi.

Yig‘ilish so‘nggida, G‘uzor “Markaziy” o‘yingohi direktori I.Bo‘riyev hamda “Sho‘rtan” muxlislari tomonidan yangi mavsum arafasida “Jamoat joylari, stadionlarda va ommaviy tadbirlarda o‘zini tutish hamda muxlislik madaniyati kodeksiga rioya qilish” bo‘yicha bayonnoma tuzildi.

“Sho‘rtan” PFK matbuot xizmati.

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 18:47, 22.01.2021.
O'qildi: 1683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.