Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Marat Miftaxuddinov: «Bu kabi turnirlarning o‘z o‘rni bor»

Marat Miftaxuddinov: «Bu kabi turnirlarning o‘z o‘rni bor»

Baho:
+ | -

Farg‘onada start olgan «Hokim Kubogi» «Bunyodkor» uchun yangilik desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, jamoamiz avval bu kabi musobaqada ishtirok etmagan. Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi «qaldirg‘ochlar» ertaga «Hokim Kubogi»da debyutini nishonlaydi. Turnir oldidan murabbiyning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dastavval musobaqaga taklif etgani va barcha sharoitlarni yaratib bergani uchun Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga «Bunyodkor» futbol klubi nomidan o‘z minnatdorligimni bildiraman!

«Hokim Kubogi» singari musobaqalarning o‘z o‘rni bor. To‘g‘ri, yangi mavsumga o‘rtoqlik uchrashuvlari orqali ham tayyorgarlik ko‘rish mumkin, lekin bu kabi turnirlarda futbolchilarda g‘oliblikka ishtiyoq yuqori bo‘ladi. Raqib qaysi jamoa bo‘lishidan qat’iy nazar, yutishni, kubokni qo‘lga kiritishni istaydi. Shuning uchun bunday musobaqalar orqali ham jamoa o‘yinini shakllantirish g‘oliblik ruhiyatini o‘stirish mumkin. O‘rtoqlik o‘yini o‘z nomi bilan o‘rtoqlik. Unda natija talab qilinmaydi. Faqat o‘yinni shakllantirish ko‘zda tutiladi.

O‘ylaymanki, «Hokim Kubogi»ning nufuzi yildan-yilga ko‘tarilib boraveradi. Bu yil Qirg‘izistondan jamoa qatnashyapti. Qolaversa, Superligadan vodiy klublaridan tashqari «Bunyodkor» va «Buxoro» ham Farg‘onaga yetib kelgan. Nasib qilsa, kelasi yildan boshlab turnirda Superliganing boshqa klublari ham qatnashadi degan umiddaman.

Kiritildi: 22:02, 23.01.2021.
O'qildi: 2803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.