Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Odiljon Abdurahmonov: «Faoliyatimda yangi sahifa ochilyapti»

Odiljon Abdurahmonov: «Faoliyatimda yangi sahifa ochilyapti»

Baho:
+ | -

Ko‘rikdan o‘tish uchun taklif etilgan qirg‘izistonlik Odiljon Abdurahmonov qaysidir ma’noda «Hokim Kubogi»dagi o‘yini orqali "Bunyodkor"da rasmiy debyutini nishonladi. «Navbahor farm»ga qarshi bahsdan so‘ng biz yarim himoyachining fikrlari bilan qiziqdik.

- «Navbahor farm»ga qarshi o‘yinda nafaqat raqib, balki maydonga qarshi ham kurashdik, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, biz Toshkentda ham Farg‘onaga kelganda ham sun’iy qoplamali maydonda mashg‘ulot o‘tkazayotgandik. Shuning uchun maydonga moslashish ancha qiyin kechdi. Men raqibni mensimay o‘ynadik, demagan bo‘lardim. Shaxsan o‘zim bu haqda umuman o‘ylaganim yo‘q. Chunki men «Navbahor farm» qay darajadagi jamoaligini bilmayman. Shu bois uchrashuvda borimni berib harakat qildim. G‘alaba qozona olmaganimizning yana bir sababi, futbolchilar hali bir-birimizni to‘liq tushuna olmaganimiz bo‘lsa kerak. Boisi, tarkibda yangi o‘yinchilar bor. O‘ylaymanki, keyingi o‘yinlarda vaziyatni o‘nglaymiz.

Shu kunga qadar «Bunyodkor» safida o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushayotgandim. «Hokim Kubogi» orqali qaysidir ma’noda rasmiy debyutimni nishonladim deyishim mumkin. Faoliyatim davomida bu kabi turnirlarda o‘ynamagandim. Faoliyatimda yangi sahifa ochilyapti, deya olaman. «Bunyodkor»da meni iliq qabul qilishdi. Boshida biroz qiynaldim, ammo hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Jamoaga to‘liq moslashdim, desam bo‘ladi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 07:52, 25.01.2021.
O'qildi: 2242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик