Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Atletiko Madrid» futbol klubi vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasi ochish taklifini ilgari surdi

«Atletiko Madrid» futbol klubi vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasi ochish taklifini ilgari surdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Madrid shahriga xizmat safari davomida «Atletiko Madrid» futbol klubi rahbariyati va mutasaddilari bilan uchrashib, hamkorlikka doir muzokaralar olib bordi.

Delegasiya vakillari Ispaniya tomonga O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2021 yilning «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e’lon qilgani, mamlakatimizda aholini sportga keng jalb qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda futbolga strategik sport turlaridan biri sifatida e’tibor qaratilishi haqida batafsil ma’lumot berishdi.

«Atletiko Madrid» vakillari o‘z o‘rnida xorijda ochilgan akademiyalari faoliyati, O‘zbekiston turizm salohiyatini dunyo bo‘ylab futbol ishqibozlariga tanitishdagi marketing imkoniyatlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazishdi.

«Atletiko Madrid» futbol klubi vise-prezidenti Inigo Aznar ushbu hamkorlik katta natijalar olib kelishini ta’kidlab, buyuk tarixga ega yurt yoshlaridan mamlakatni dunyoga tanitadigan sportchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, «Atletiko Madrid» klubi vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasini tashkil etish va klub imkoniyatlaridan kelib chiqib, mamlakatimizning turizm salohiyati targ‘ibotida hamkorlik qilishni taklif qildi.

«Atletiko Madrid» klubi rahbariyati tez orada O‘zbekiston tomoniga tijoriy taklif yuborishini, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan taqdirda, klub mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

O‘zA

Manba: uza.uz
Kiritildi: 21:32, 25.01.2021.
O'qildi: 2513 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.