Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

«Dinamo» 4 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

«Dinamo» 4 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga Hakim Fuzaylov qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rayotgan «Dinamo» jamoasi tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi.

Ikki haftadan buyon Samarqandda mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan jamoamiz safida bir qator futbolchilar ko‘rikda ishtirok etmoqda. Murabbiylar shtabi aksariyat futbolchilar masalasida aniq qarorga kelgach, klub bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolab, aksariyati bilan kelishuvni uzaytirdi.

Xususan, «Dinamo» jamoasi safida 2020 yilgi mavsumda ham to‘p surgan himoyachi Obid Jo‘raboyev, Komil Sharofutdinov, Muhammadqodir Hamraliyev, darvozabon Farhod Rahmatov bilan shartnoma uzaytirilib, futbolchilar 2021 yilda ham «Dinamo» safida qoladigan bo‘lishdi. Shuningdek, amalda shartnomasi bo‘lgan yarimhimoyachi Shoxruh Abdurahmonov ham yangi mavsumni «Dinamo» safida boshlaydi.

«Dinamo» bilan 2021 yilning iyul oyiga qadar shartnomasi bo‘lgan darvozabon Botirali Ergashev bilan amaldagi kelishuv ikki tomonning roziligi bilan bekor qilingani bois, futbolchi jamoa bilan xayrlashdi. «Dinamo» PFK Botirali Ergashevning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» jamoasi kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Jismoniy tayyorgarliklar «Olimpiya» stadioni zalida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, mashg‘ulotlar Charxin va Samarqand tumanidagi BO‘SM maydonida o‘tkazilmoqda.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 09:38, 26.01.2021.
O'qildi: 1734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.