Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Tuxelning debyutini o‘tkazib yubormang!

Tuxelning debyutini o‘tkazib yubormang!

Baho:
+ | -

Bilmadim, negadir Tomas Tuxel hech qachon xarizmasi yuqori shaxs sifatida taassurot uyg‘otmagan menda.

2018 yilning mayida "PSJ" uni yangi bosh murabbiy sifatida e’lon etgach, bu super tarkib uchun ikkinchi Emeri keldi, deb hisoblaganman. Mana ikki yarim yildan so‘ng qaralsa ko‘proq yanglishgandek ko‘rinishim mumkin. Har holda u jamoa bilan birga Fransiyada yetakchilikni saqlab qolib, CHL finaligacha bordi. Bu – natija. Ammo, uning klubdan ajralish nuqtasiga yaqinroq nazar tashlansa, aynan xarizma va ta’sir vaznining yetishmasligiga guvoh bo‘lish mumkin. "PSJ" direktori Leanardo bilan ochiq nizoga borgan Tuxel birinchi qulay imkoniyatdayoq yuqoridan kuchli zarbaga uchrashi aniq edi. Klub turnir jadvalida “Lill” va “Lion”ni bor yo‘g‘i bir (!) ochkoga oldinga qo‘yib yuborgach, murabbiy CHL finalidan 4 oy o‘tib-o‘tmay iste’foga chiqarildi.

Tabiiyki, rezyumesi anchayin boy bo‘lgan Tuxel ko‘p vaqt ishsiz qolmasligi tayin edi. Biroq, men uni Londonga kelishini kutmagandim. Abramovich murabbiylarni almashtirish bo‘yicha Helayfiydan ("PSJ" prezidenti) badtarroq. Lempard klub 9-pog‘onada bo‘lib turganida iste’foga chiqarilgan bo‘lsada, turnir jadvali yuqori qismidagi zichlik Mendeleev jadvalidagi Osmiydan ham zichroq. Va yaqin 3-4 tur ichida hammasi butkul o‘zgarib, “Chelsi” to‘rtlikka qaytib olishi mumkin. Shunday bo‘lsa, bu Tuxelning xizmati bo‘lmaydi, menimcha. Rossiya va Isroil pasportiga ega milliarder uchun APL va CHLdagi muvaffaqiyat birdek muhim. Mavsum avvalida transferlarga u kabi pul sarflagan insonning bunday natija kutishga haqqi bor, albatta. Aynan amalga oshirilgan transferlar, kelgan futbolchilardan samarali foydalanadi, degan o‘y bilan tanlandi, menimcha, Tuxel.

Tomas uchun ilk raqib juda bir yoqimli emas. “Vulverhempton”. O‘zi Frenkning kursisi 15 dekarb kuni “bo‘rilar” maydonidagi uchrashuvdan so‘ng yaxshigina silkinib olgandi (2:1). Xo‘sh, germaniyalik mutaxassis Angliyada qanday debyut qilar ekan?

Birga ko‘ramiz!

23:00/Futbol TV
“Chelsi” – “Vulverhempton”

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 18:35, 27.01.2021.
O'qildi: 6044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик