Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

La liga. «Real» bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, o‘z uyida «Levante»ga yutqazdi

La liga. «Real» bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, o‘z uyida «Levante»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Levante»ga qarshi o‘yin «Real» uchun omadsiz chiqdi.

Birinchidan, jamoaning olti o‘yinchisi mazkur bahsda ishtirok eta olmadi. Ikkinchidan esa, o‘yin boshidayoq madridliklar maydonda bir kishi bo‘lib qolishdi. Jamoa markaziy himoyachisi Eder Militao darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketayotgan raqib hujumchisini o‘z jarima maydoni ostonasida yiqitdi. Hakam esa vaziyatni so‘nggi umid kushandasi sifatida baholab, "Madrid" a’zosini maydondan chetlatdi.

"Real" kamchilikda o‘ynay boshlaganiga qaramay, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Kroosning ajoyib uzatmasidan keyin Anensio qarshi hujumga qochib ketdi va yakkama-yakka vaziyatda "Levante" posbonini dog‘da qoldirdi.

Maydonda bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan mehmonlar to‘pni yaxshi nazorat qila boshlashdi. Ular tomonidan tashkil etilgan kombinasiya 32-daqiqada o‘z samarasini berdi. Xose Morales tomonidan yo‘llangan zarbani Kurtua qaytara olmadi — 1:1.

Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida hakam dastlab "Real" jarima maydoni chizig‘i yonida "Levante" foydasiga jarima zarbasi belgiladi. VAR esa ushbu qarorni penaltiga o‘zgartirdi. Roxer Marti tomonidan yo‘llangan penaltini zarbasini Kurtua qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Roxer Marti 78-daqiqada o‘z xatosini to‘g‘irlagan holda jamoasi tomonidan uyushtirilgan kombinasiya chiroyli zarba bilan samarali yakunladi.

Natijada "Real" o‘z maydonida "Levante"ga imkoniyatni boy berdi. "Atletiko" esa ertaga "Kadis"ni mag‘lub etsa, hamshaharlari bilan oradagi farqni yanada oshiradi.

Ispaniya La ligasi, 21-tur
Real Madrid – Levante 1:2 (1:1)
Gollar: 1:0 – 13 Asensio, 1:1 – 32 Morales, 1:2 – 78 Roxer Marti.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Odriosola, Varan, Militao, Kroos, Kazemiro, Azar (Vinisius Junior, 60), Modrich, Asensio (Arribas, 82), Benzema (Mariano Dias, 82).
Levante – Fernandes, Miramon, Postigo, Duarte, Klerk, Radoya, Malsa (Rochina, 60), Melero, Leon (Bardi, 60), Roxer Marti (Vezu, 83), Morales (Dani Gomes, 76).
Ogohlantirishlar: Malsa (50), Melero (72), Kazemiro (90).
Chetlatish: Militao (9).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:15, 30.01.2021.
O'qildi: 3913 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.