Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Diyego Simeone murabbiylar orasida La Liganing XXI asrdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

Diyego Simeone murabbiylar orasida La Liganing XXI asrdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» La Liga 21-turida 31 yanvar kuni «Kadis»ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:4).

Bu madridliklar uchun Primerada bosh murabbiy Diyego Simeone qo‘l ostidagi 214-g‘alaba bo‘ldi. Bu borada argentinalik mutaxassis «Barselona» sobiq ustozi Ernesto Valverdeni (213 g‘alaba) ortda qoldirgan holda La Liga tarixida eng ko‘p g‘alaba qayd etgan murabbiylar ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarildi va XXI asrda qayd etilgan g‘alabalar soni bo‘yicha peshqadamga aylandi.

La Ligada Ferdinand Dauchik (234 g‘alaba, «Barselona», «Atletiko»), Xavyer Irureta (259, «Deportivo», «Selta»), Migel Munyos (323, «Real», «Sevilya») va Luis Aragones (344, «Atletiko», «Barselona») Simeonedan ko‘proq g‘alaba qayd etgan.

«Atletiko» 50 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi va eng yaqin ta’qibchi «Real»ni 10 ochkoga ortda qoldirmoqda, bundan tashqari «matraschilar» bitta zaxira o‘yiniga ega.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:08, 01.02.2021.
O'qildi: 2109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик