Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Marat Miftaxuddinov: «Kubokni qo‘lga kiritmoqchimiz!»

Marat Miftaxuddinov: «Kubokni qo‘lga kiritmoqchimiz!»

Baho:
+ | -

- O‘ylashimcha, qiziqarli o‘yin guvohiga aylanamiz. «Istiqlol»da katta ishtiyoq bor, qolaversa, ular mezbon sifatida to‘p surishadi. O‘z-o‘zidan ular uchun musobaqada g‘olib bo‘lish yoqimli. «Hokim Kubogi»da ishtirokimiz davomida avval guruh bosqichidan o‘tdik, keyin chorak va yarim final, mana endi final. Aytishim kerak, shu yergacha yetib keldikmi, biz ham «Hokim Kubogi»ni qo‘lga kiritmoqchimiz!

«Istiqlol»ni «Qo‘qon-1912» jamoasiga qarshi o‘yinini bevosita stadionda tomosha qildim. Raqibimiz katta ishtiyoq bilan to‘p suradigan jamoa. Tarkibida yaxshi futbolchilar bor. Xususan, «Istiqlol»ning hujum chizig‘i kuchli ko‘rindi. Shuningdek, o‘yinchilarning jismoniy holati ham ko‘ngildagidek ekanligini bildim.

Biz finalga tayyormiz! Tarkibda yo‘qotishlar yo‘q. Barcha futbolchilarning holati ko‘ngildagidek. Ertaga bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun maydonga chiqamiz.

«Hokim Kubogi»da qatnashish uchun Farg‘onaga keldikmi, nima uchun g‘oliblikni o‘ylamasligimiz kerak? Nega turnirda g‘olib bo‘lish muhimmas? Rosti, ilk kunlarda turnirga nisbatan oddiyroq ko‘z bilan qaragandik. Yarim finaldan so‘ng nafaqat o‘zimiz, balki tanishlar ham «Hokim Kubogi»ga qiziqish bildirishni boshlashdi. Demak, «Hokim Kubogi»ning obro‘si oshgan.

Penaltilar seriyasi? Biz barchasini 90 daqiqada hal qilishni xohlaymiz va shunga harakat qilamiz. Penalti bu – lotoreya. Lotoreyada hammaga omad kelavermaydi. 90 daqiqa mehnat qilib, lotoreyada yutqazib qo‘yish ham mumkin va albatta alamli.

Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати
Kiritildi: 18:46, 02.02.2021.
O'qildi: 1582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.