«Fenerbaxche» yarim himoyachisi Mesut O‘zil jamoa safida ilk o‘yinini o‘tkazdi.
Germaniyalik futbolchi Turkiya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan "Xatayspor"ga qarshi o‘yinda debyut qildi. U bahsning 76-daqiqasida Mame Tiamning o‘rniga maydonga tushdi.
"Fenerbaxche" mazkur o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.