Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

APL. «Byornli» - «Manchester Siti» (prevyu)

APL. «Byornli» - «Manchester Siti» (prevyu)

Baho:
+1 | -

APL peshqadamligini o‘z qo‘liga olgan "Manchester Siti” bugun "Byornli" maydoniga safar uyushtiradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

"Byornli"
Joriy mavsum Premyer-ligada ko‘pgina ajoyib o‘yinlar namoyish etgan byornliliklar so‘ngi turlarda yana jonlanib qolishdi. Oxirgi 4 turda "Liverpul", "Fulxem", "Aston Villa" jamoalari ustidan g‘alaba qozongan "Byornli", o‘tgan turda "Stemford Brij"da “Chelsi"dan mag‘lubiyatga uchradi. Hozirgacha 20 o‘yinda 22 ochko to‘plagan "Arilar" turnir jadvalida 15-pog‘onada joylashgan. Xavfli hududda joylashgan "Fulxem"dan 8 ochko ko‘p jamg‘argan.

"Manchester Siti"
Oxirgi ikki oyda fantastik o‘yinlar o‘tkazib, APLda peshqadamlikni o‘z qo‘liga olgan "shaharliklar" o‘tgan turda "Etihad Stadium"da "Sheffild Yunayted" jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Hamshahari "Manchester Yunayed" jamoasi bilan bir xil 44 tadan ochko to‘plagan "shaharliklar" turnir jadvalida hozircha yetakchilik qilishmoqda, ammo "Siti" mankunianlardan ikkita kam o‘yin o‘tkazgan. "Sheffild" ustidan qozonilgan g‘alaba ularning so‘nggi 27-uchrashuvining 25-g‘alabasi edi. Manchesterliklar barcha musobaqalar doirasidagi 15 uchrashuvdan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelishayapti. Ular so‘ngi bor 2020-yil 21-noyabr kuni Mourinyoning "Tottenxem"idan mag‘lubiyatga uchragan edi.

Jamoa yangiliklari va yo‘qotishlar

"Byornli" jamoasida o‘yindan oldin yangi jarohatlar bilan bog‘liq muammolar yo‘q, lekin Eshli Barns, Josh Braunxill, Kris Vud va Charli Teylor kabi o‘yinchilar maydonga tushishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

Gvardiolaning "Manchester Siti"sida bir qancha jiddiy yo‘qotishlar bor. Aguero koronavirusdan tuzaldi, lekin bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, jamoaning motori hisoblangan Kevin de Bruyne ham mazkur uchrashuvda maydonga tushmaydi. Gvardiolaning aytishicha, "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan futbolchi to‘rt besh hafta maydonga qaytolmaydi. Himoyachi Natan Ake ham "Terf Mur" stadionida bo‘ladigan qarama-qarshilikni o‘tkazib yuborishini aytib o‘tgan.

Qarama-qarshiliklar

"Manchester Siti" uchun "Byornli" eng qulay raqib hisoblanadi. Hozirgacha bu jamoalar o‘rtasidagi 22 uchrashuvning faqatgina bittasida g‘alaba qozongan byornliliklar uchun Gvardiola jamoasiga gol urish ham muammo bo‘lib kelmoqda. So‘nggi bor 2014-yilda bir o‘yinda ikki bor "shaharliklar" darvozasiga yo‘l topgan Shon Daych shogirdlari, shundan beri "Siti" darvozasiga 1 tadan ko‘p gol urolmay kelishmoqda. 2015-yilda o‘z tarixidagi birinchi marta "Etihad Stadium" egalari ustidan g‘alaba qozongan "arilar" hozirgacha bu ishni yana takrorlay olmayapti. Manchesterliklar o‘tgan mavsumda ham, joriy mavsumda ham "Byornli" ustida bir xil 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. Shundan kelib aytishimiz mumkinki, bugungi uchrashuv ham gollarga boy o‘tadi.

Ehtimoliy tarkiblar

“Byornli” (5-4-1): Nik Pop, Mettyu Louton, Jeyms Tarkovski, Kevin Long Ben Mi, Erik Piters, Robbi Breydi, Eshli Vestvud, Duayt MakNil, Kris Vud.

“Manchester Siti” (4-3-3): Ederson, Joau Kanselu, Jon Stounz, Ruben Diash, Aleksandr Zinchenko, Bernardu Silva, Rodri, Ilkay Gyundogan, Rahim Sterling, Riyod Mahrez, Fil Foden.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:03, 03.02.2021.
O'qildi: 2352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.