Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Otabek G‘ulomxo‘jayev: "O‘zimga yarasha o‘yin uslubim va falsafam bor"

Otabek G‘ulomxo‘jayev: "O‘zimga yarasha o‘yin uslubim va falsafam bor"

Baho:
+ | -

"Andijon" FK matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev bilan intervyu tashkil etdi.

- Tarkibni kuchaytirish borasida muxlislar ko‘p so‘rashmoqda. Tarkibga o‘zbekistonlik nomdor futbolchilar ham keladimi?

- Nomdor futbolchilarning narxi baland, ularga maoliyaviy xolatimiz to‘g‘ri keladi ham, ammo biz mablag‘larni to‘g‘ri sarflamoqchimiz. Misol uchun, ushbu mablag‘larni yosh futbolchilar uchun sarflayapmiz. Bitta nomdor futbolchidan ko‘ra uchta yosh futbolchi yoki tajribasi bor legionerga e’tibor qaratyapmiz. To‘g‘risi nomdor futbolchilar emasku, ammo o‘ziga yarasha nomi bor futbolchilar ushbu yig‘inga jalb qilinishi rejada bor. Ammo, baribir hammani ham «futbolchi nomdor ekan» deb tarkibga jalb etavermayman, negaki o‘zimga yarasha o‘yin uslubim va falsafam bor. Misol uchun nomdor futbolchi mening o‘yin uslubimga to‘g‘ri kelmas yoki jamoaning ichki muxitiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

- Muxlislar ushbu mavsum jamoamizdagi o‘zgarishlardan so‘ng, natijada va o‘yinlarda boshqacha «Andijon»ni ko‘rishni intizorlik bilan kutishmoqda. Muxlislarga nima deya olasiz va nima va’da bera olasiz?

- Jamoaga muxlislik qilishlarini so‘rab qolaman. Men doyim yaxshi niyyat qilishni yaxshi ko‘raman. Jamoa rahbariyati ushbu mavsumda «Andijon» o‘ntalikka kirishini vazifa qilib qo‘ygan. Ammo mening o‘zimni maqsadim jamoani yettilikka olib chiqish. Balkim, mavsum davomida ishtaxa ochilib, yana ham yorqin, o‘yin uslubi o‘zgacha bo‘lgan «Andijon»ni ko‘rishadi. Ammo, jamoa shakillanishi o‘z-o‘zidan bo‘lib ketmaydi. Barchasi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, lekin ligada qolish uchun kurashadigan «Andijon» bo‘lmaydi, bu aniq, chunki rahbariyat o‘ninchi o‘rinni vazifa qilib qo‘ygan. Ammo biz murabbiylar shtabi o‘zimiz uchun kamida yettinchi o‘rinni maqsad qilib qo‘yganmiz. Xudo xoxlasa jo‘jani kuzda sanaymiz. O‘shanda meni ishimga ham jamoaning o‘yiniga ham muxlislar o‘zlari baxo berishadi. Faqat muxlislar bizni qo‘llab quvvatlab turishda davom etishini va ishonishini so‘rab qolaman. To‘g‘ri, muxlislarni ham to‘g‘ri tushinish kerak, sababi bo‘layotgan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatlardan xavotirga tushishmoqda, ammo men xavotirda emasman, sababi jamoa mag‘lubiyatga uchrasa ko‘p xato va kamchiliklar ko‘rinmoqda. Hozir shu kamchiliklarni ko‘rib, bartaraf etgan yaxshi. Shuning uchun o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatlardan xulosa chiqarmasliklarini so‘rab qolardim.

 

- Muxlislar «Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbariyat imkon qilib bersa ham katta transfer amalga oshirmayapti, futbolchilar sotib olmayapti» deya norozilik bildirmoqda. Siz bunga nima deya olasiz?

- Avvalo, birinchidan: rahbariyat yo‘q bo‘lib ketayotgan jamoani saqlab qoldi. Ikkinchidan: jamoani hamon qarzlarini to‘lab kelishmoqda. Ollohga shukur hozirda, Toshkentda zamonaviy mexmona va yaxshi o‘yingohlarda tayyorgarliklarni davom ettirmoqdamiz.

Maxalliy futbolchilardan 11ta futbolchini yig‘ib bo‘lmaydi. Yildan yilga ikita, uchta, to‘rtta maxalliy futbolchilar qo‘shilib boriladi, bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avvalo tizim yaratib olish kerak. Shundan so‘ng, 3-4ta Andijonlik yosh futbolchilar va tajribali futbolchilar yoniga boshqa nomdor futbolchilarni ham jalb qilamiz. Rahbariyatimiz sharoyit yaratib bermoqda, shuning uchun narxi ham xamyonbob va sifati ham yaxshi futbolchi jalb etish kerak. Va shu o‘yinchilar qatorida Andijonlik futbolchilarni ham shakllantiramiz. Maqsad Andijonda yillar davomida bo‘lmagan tizimni yo‘lga qo‘yish. Bolalar futbolidan tortib bosh jamoagacha !

To‘g‘ri, rahbariyat imkon qilib bermoqda. Balkim «futbolchilar jalb qilinmayapti» degan gaplar muxlislar tomonidan noto‘g‘ridir. Ba’zi futbolchilarni e’lon qilmayotganimizni sababi, futbolchilarni boshqa jamoalar olib ketishmoqda. To‘g‘risi, Andijonda bo‘lib o‘tgan qarzdorliklar, yillar davomida futbolchilarga oylik maoshlari o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sabab yangi futbolchilarni jalb qilishda ma’lum bir qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Xudo xoxlasa mavsum davomida muxlislar yaxshi jamoa shakillanganini ko‘rishadi.

-Kelishi kutilayotgan legionerlar jamoa tarkibiga qachon kelib qo‘shiladi?

- Kelishi kutilayotgan legionerlar ushbu yig‘inda jamoaga kelib qo‘shiladi. Ular orasida tayyor shartnomaga keladigan legionerlar va ko‘rik uchun keladigan legionerlar ham bor. Barchasi yaqin kunlarda rasmiy sahifalar orqali e’lon qilinadi.

- Edgar Bernxardt mashg‘ulotlarda ko‘rinmay qoldi, hozir u qayerda?

- Edgar oilaviy masalasi tufayli bizdan 4-5 kunga ruxsat oldi va hozirda o‘z yurtida bo‘lib turipdi. Edgar ushbu xaftaning oxirida jamoaga kelib qo‘shiladi.

Manba: “Андижон” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 20:58, 04.02.2021.
O'qildi: 2932 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.