Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Liverpul»ning Chempionlar Ligasi pley-offi uchun bergan qaydnomasidan Joel Matip chiqarib tashlandi

«Liverpul»ning Chempionlar Ligasi pley-offi uchun bergan qaydnomasidan Joel Matip chiqarib tashlandi

Baho:
+ | -

«Liverpul» Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomasini ma’lum qildi.

Sky Sports’ning xabariga ko‘ra, mavsum avvalida jiddiy jarohat olganiga qaramay, himoyachilar Virjil van Deyk va Jo Gomes qaydnomadan chiqarilmagan.

Avvalroq «qizillar» bosh murabbiyi Yurgen Klopp 29 yoshli van Deykning bu mavsumda maydonga qaytishi ehtimoldan yiroqligini aytgandi. Shuningdek, mutaxassis 23 yoshli Gomesning holati ham shunga yaqinligini qo‘shimcha qilgandi.

Shu bilan birga Mersisayd klubi Joel Matipni tarkibdan chiqarib tashladi, kamerunlik futbolchi to‘pig‘idan olgan jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

Tarkibga esa jamoa yangi qo‘shilganlar O‘zan Kabak, Ben Devis hamda Nataniel Fillips kiritilgan.

«Liverpul» Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichida Germaniyaning «Leypsig» klubiga qarshi bahs olib boradi. Jamoalarning birinchi uchrashuvi 16 fevral sanasiga belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:45, 05.02.2021.
O'qildi: 3356 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик