Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Sergey Kucherenko: «Futbolimiz mutasaddilaridan «Nasaf» taqdiriga befarq bo‘lmasliklarini so‘rab qolaman»

Sergey Kucherenko: «Futbolimiz mutasaddilaridan «Nasaf» taqdiriga befarq bo‘lmasliklarini so‘rab qolaman»

Baho:
+ | -

"Nasaf" bosh direktori Sergey Kucherenko klubiga oid voqealarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Avvalambor, Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi murabbiylar shtabiga, futbolchilarimizga hozirgi qiyin vaziyatga qaramasdan o‘z faoliyatlarini olib borayotganlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va ularning mehnatlarini qadrlayman. Hozirgi kunda pandemiya tufayli nafaqat bizda balki butun dunyoda ham qiyin vaziyat. Shunday murakkab holatda ham bizga ishongan,  qo‘llab-quvvatlab turgan jamoamizning sodiq muxlislariga ham alohida tashakkur deb qolaman.

Qanchalik qiyin bo‘lmasin hozirgi kunda ham klubimiz o‘z falsafasi asosida faoliyatini davom ettirmoqda. Shu kecha kunduzda milliy hamda yoshlar terma jamoasiga to‘qqizga yaqin futbolchilarimiz jalb qilindi. Bundan tashqari «Nasaf» futbol klubining o‘ttizga yaqin tarbiyalanuvchilari turli yosh toifasidagi terma jamoalarga nomzod hisoblanadi. Bu futbolchilar nafaqat «Nasaf» jamoasini, balki O‘zbekistonning sha’nini xalqaro maydonlarda himoya qilishadi. Agar klubimizga bo‘lgan e’tibor susaymasa, jamoamiz terma jamoalarga  futbolchilarni yetkazib berishni ko‘paytirsa ko‘paytiradiki, aslo to‘xtatmaydi. Homiylardan, sport, xususan futbolimiz mutasaddilaridan Respublikada har tomonlama o‘z o‘rniga ega bo‘lgan jamoamiz taqdiriga befarq bo‘lmasliklarini so‘rab qolaman. «Nasaf»dek o‘z tarixi va o‘z falsafasiga ega bo‘lgan klubning inqirozi o‘zbek futboli uchun juda qimmatga tushishi mumkin”, — deydi Sergey Kucherenko.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 19:05, 05.02.2021.
O'qildi: 3303 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик